Hozirgi zamon huquqiy tizimi

Hozirgi zamon huquqiy tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Hozirgi zamon huquqiy tizimi - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi zamon huquqiy tizimi Reja: Huquqiy tizim tushunchasi va mohiyati. Yuridik tipologiya va tasniflash. Hozirgi zamon huquq oilalari. Hozirgi zamon huquqiy tizimi XX asrning so'nggi 10 yilligi butun insoniyat tarixiga o'zgarishlar davri sifatida kirdi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, mazlum xalqning erk uchun kurashi XX asrning g'oyasiga aylanib, eng asosiy, eng muhim ijtimoiy-siyosiy tamoyil sifatida ajralib turadi. Dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo'ldi. Ular paydo bo'lishi bilan hozirgi davr huquqiy tizimlari ham o'z navbatida shakllanib, takomillashib bormoqda. Huquq tizimlari zamonaviy bozor iqtisodiyotiga bog'liq bo'lgan, odamlarning munosib turmush tarzini ta'minlay oladigan, insonning huquq va erkinliklarini himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishdek murakkab vazifani hal qilishga yordam beradi. Hozirgi zamon asosiy huquqiy tizimlarini mohiyatini anglab yetishda yurist «yetti o'lchab bir kes» qabilida ish tutishi kerak va avvalo, huquqiy tizimlarning uncha ko'p bo'lmagan soni bilan chegaralanishi lozim. Agar kimda-kim huquqiy tizimlarni mohiyatini anglab yetmasa u empirik material og'irligini torta olmay qoladi. Bugungi kundagi hozirgi zamon huquqiy tizimlarining eng mukammal ro'yxati qiyosiy huquqning xalqaro qomusida keltirilgan. Biroq bu yerda ham dunyodagi barcha huquqiy tizimlar qamrab olingan emas. Shunisi qiziqki, yurist, avvalo, huquqiy tizimlarning bosh bo'g'inini aniqlashi, so'ng ularning keyingi jug'rofiy tarqalishini aniqlamogi lozim. Agar dunyo huquqiy xaritasiga nazar tashlansa, shuni ko'rish mumkinki, yer sharining uchdan ikki qismi roman-german va ingliz umumiy huquqdaridan kelib chiqadigan huquqiy tizimlar asosida yashamoqda. Hozirgi zamon huquqiy tizimlariga huquq oilalari tizimi, huquq guruhlari va alohida milliy huquqiy tizimlar tuzilishi bo'yicha murakkab deb qaramoq lozim. Har bir huquq oilasi tarkibida yana ko'p mayda tasniflarni ko'rish mumkin va o'z navbatida, ularni ham bir nechta huquq guruhlariga bo'lish mumkin. Masalan, roman-german huquq oilasida fransuz huquqi va german huquq guruhi, umumiy huquq oilasida ingliz huquqi guruhi va Amerika huquq guruhi ajratiladi. Dunyoda bir-biriga o'xshaydigan, lekin tamomila bir xil bo'lmagan huquq tizimlari mavjud. Ularg alohida xususiyatlari bilan bilan bir - biridan tubdan farq qiladi. Ayrim jihatlari bilan bir - biriga o'xshab ketadi. Har bir ijobiy narsani salbiy tomoni borligini unutmagan holda hozir duyonda hech bir huquq oilasini mukammal darajada anglamoq mumkin emas. Hozirda amalda bo'lgan huquq tizimlari jamiyat taraqqiyoti rivojlanishi bilan rivojlanib, o'z tarkibiy qismlarini to'ldirib takomillashtirib boradi. Masalan, har bir AQSH Prezidentining tutgan siyosati, uning obruyi, davlatni boshqarishi tizimining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Biz bu haqda tarix kursidan bilamiz. Bugungi kunda juda ko'p O'rta Osiyo hududida yashab o'tgan tarixiy shaxslarni o'rganmokdamiz va ularning siyosiy-huqukiy qarashlarini hayotga tatbiq etmoqdamiz. Deyarli har bir ma'ruzasida prezidentimiz davlatchilikning taraqqiyotida huquq tizimlarini o'rni haqida to'xtalib o'tgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 59.45 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 59.45 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga