Hujjatlarni kriminalistik texnika usulida tekshirish

Hujjatlarni kriminalistik texnika usulida tekshirish

O'quvchilarga / Huquq
Hujjatlarni kriminalistik texnika usulida tekshirish - rasmi

Material tavsifi

Hujjatlarni kriminalistik texnika usulida tekshirish Reja: 1. Kriminalistik texnika tekshiruvi tushunchasi, vazifasi va turlari 2. Hujjatlarni qalbakilashtirish usullari 3. Qalbakilashtirilgan hujjatlarni texnikaviy usulda tekshirish 4. Kriminalistik texnika tekshiruvida qo'llanadigan zamonaviy asboblar 5. Hujjatlarning texnik ekspertizasini o'tkazishda hal qilinadigan masalalar Hujjatlarni texnik jihatdan tekshirish kriminalistikaning ikkinchi bo'limida mustaqil o'rin egallaydi. Kriminalistik texnika ba'zi tabiiy va texnik bilimlarning ayrim tarmoqlarini o'z vazifasiga moslab, ular asosida turli qalbakilashtirilgan hujjatlarni tekshirish uchun maxsus uslublarni ishlab chiqadi. Hujjatlarni kriminalistik texnika usulida tekshirish faqat jinoyat ishlari bo'yicha masalalarni hal qilish emas, balki fuqarolik sudlov ishlarida ham keng qo'llaniladi. Tergov va sud amaliyotida hujjatlarni kriminalistik texnika usulida tekshirish masalasi ko'p tarqalgan bo'lib, hujjatlar ijtimoiy sohalarning barcha doiralarida alohida o'rin tutishi, xilma-hil va keng tarqalgan materiallardan tayyorlanganligi bilan bog'liq. Hujjatlarni texnikaviy tekshiruv uning oldiga qo'yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi. Kriminalistik texnika tekshiruvining obyektlari: - turli hujjatlardagi tadqiqot qilinuvchi rekvizitlar (matn, imzo, pul-to'lov hujjatlari, qimmatbaho ashyoviy boyliklarni olish-sotish kabi harakatlarni ifodalovchi hujjatlar, shaxsiy hujjatlar, ma'lumotnomalar va boshqalar); - pul-to'lov hujjatlari, naqd pul kirimi va to'lovi bo'yicha turli operatsiyalarni aks ettiruvchi chek daftarchasi, kirim-chiqim orderlari, kassa daftarchasi, to'lov hujjatlari, turli kvitansiyalar, deponent kartochkalari. Moddiy boyliklarning harakatini aks ettiruvchi hujjatlarga: yuk xatlari (nakladnoy), kirim-chiqim xarakteridagi barcha hujjatlar to'plami; shaxsiy hujjatlarga shaxsni tasdiqlovchi va uning mehnat faoliyatiga xos bo'lgan hujjatlar, pasport, shaxsiy guvohnoma, ruxsatnoma, harbiy bilet, kasaba uyushmasi biletlari, haydovchilik guvohnomalari, diplomlar va hoka'zolar kiradi. Mehnat faoliyatiga xos bo'lgan hujjatlarni, mehnat daftarchalari, mehnat faoliyati haqidagi ma'lumotnomalar, kasallik varaqalari, qabul qilish va ozod etish haqidagi buyruqlar, shartnomalar, taklifnomalar, shaxsiy varaqalar, kasallik tarixi va boshqalar tashkil etadi. Qimmatli qog'ozlar zayom obligatsiyalari, lotereya chiptalari, temir yo'l va havo yo'l pulli chiptalari, tomosha va maishiy xizmat chiptalari, qog'oz pul banknotlari tashkil etadi. Tekshiruv obyektlariga hujjatlardan tashqari yozuv vosita va ashyolari, hujjatning rekvizitlarini va belgilarini bajarishda foydalaniladigan turli buyoq vositalari, qog'oz, yozuv qurollari, yelim hamda yozuvni aynitish moddalari kiradi. Hujjatlarni texnikaviy usulda tekshiruv vazifalari quyidagilardir: 1. Hujjatning tayyorlanish uslubini aniqlash; 2. Hujjat mazmunini o'zgartirish usulini aniqlash; 3. Ko'rinadigan va oddiy ko'z bilan ko'rinmaydigan yozuvlarni aniqlash; 4. Hujjatlarning asil birlamchi ko'rinishini tiklash; 5. Hujjatlar bajarilgan, qo'llanilgan uskunalar, vositalar, qurollar va materiallarni identifikatsiya qilish; 6. Hujjatlarni qalbakilashtirishdan muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish. Hujjat materiallarini tekshirishda hal qilinishi lozim bo'lgan vazifalar uning tarkibini, turini, markasini, ishlab chiqargan zavodini aniqlash, u yoki bu hujjat materiallarning aniq hajmini va guruh mansubligini aniqlashga oiddir. Har bir tekshiruv ekspertizaning mos turini belgilovchi bir qator maxsus vazifalarni birlashtiradi. Sud - texnik ekspertizaning asosiy turlarini quyidagilardan iborat: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.2 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.2 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga