Hukmda bayon qilingan sud xulosalari tushunchasi mohiyati va ahamiyati

Hukmda bayon qilingan sud xulosalari tushunchasi mohiyati va ahamiyati

O'quvchilarga / Huquq
Hukmda bayon qilingan sud xulosalari tushunchasi mohiyati va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Hukmda bayon qilingan sud xulosalari tushunchasi mohiyati va ahamiyati Reja: Hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emas, deb topishning asoslari. Hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligini tekshirishning nazariy va amaliy tahlili Hukmda bayon qilingan sud xulosalari tushunchasi mohiyati va ahamiyati Jinoyat protsessida odil sudlov hujjatiga qo'yilgan talablar, yani hukmning qonuniy, asosli va adolatli bo'lishida hukmda bayon qilingan sud xulosalari jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Dastlabki tergov va sud tergovining to'liq emasligi yoki bir yoqlamaligi jinoyat ishlarini to'la, har tomonlama va xolisona tekshirish prinsiplarini buzilishi natijasida yuzaga kelsa, hukmda bayon qilingan sud xulosalari jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi hukmga qo'yilgan protsessual talablarni bajarilmasligidan kelib chiqadi. Qonuniy chiqarilgan hukm - asosli, asoslantirilmagan hukm - qonunga xilofdir, demak hukm adolatsiz bo'ladi, deydi B.T. Bezlepkin. P.M.Davidov, hukmda bayon qilingan sud xulosalari jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq kelishi uning qonuniy, asosli va adolatli ekanligidan dalolatdir, deb yozadi. V.A.Poznanskiy, hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari tizimida hukmda bayon qilingan sud xulosalari jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq kelmaganligi uchun hukmni bekor qilish uchun asos, faqat isbotlashda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar natijasida yuzaga keladi, deydi. Demak, bu asos ham dastlabki tergov va sud tergovining to'la har tomonlama va xolisona o'tkazilmaganligi bilan bog'liq, yani isbotlash burchi yuklatilgan mansabdor shaxslar tomonidan dalillarni topish, to'plash, tekshirish va baholashda jiddiy kamchiliklarga yo'l qo'yilgan. Quyidagi holatlarda hukmda bayon qilingan sud xulosalari jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq kelmagan deb topiladi: 1) sud xulosalari sud majlisida ko'rilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan bo'lsa; 2) sud o'z xulosasiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan holatlarni hisobga olmagan bo'lsa; 3) ish uchun muhim ahamiyatli holatlarga oid dalillar bir-biriga zid bo'lgani holda, sud qaysi asoslarga ko'ra dalillardan bazilarini isxonarli deb topib, boshqalarini rad etganligi hukmda ko'rsatilmagan bo'lsa; 4) sudning hukmda bayon qilingan xulosalarida jiddiy ziddiyatlar mavjud bo'lib, ular sudlanuvchining aybliligi masalasini hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarini to'g'ri qo'llashga yoki jazo chorasini belgilashga ta'sir ko'rsatgan yoki ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lsa va yuqori sudda bu ziddiyatlarni bartaraf etish imkoniyati bo'lmasa. Amaliyotda bu holat bo'yicha juda kam miqdorda hukmlar bekor qilinadi. Lekin, sudlarimiz tomonidan aynan ana shunday xatolarga yo'l qo'yiladigan holatlar mavjud. Hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emas, deb topishning asoslari. Yuqori sud quyi sudning chiqargan hukmidagi xulosalari sud majlisida o'z tasdig'ini topgan dalillar bilan asoslangan deyish uchun jinoyat ishi bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar sinchkovlik bilan to'la, har tomonlama, xolisona tekshirilgan bo'lishi kerak. Sud tomonidan dalillarni noto'g'ri baholanishi sudlanuvchining aybdor yoki aybsizligi yuzasidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.06 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.06 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga