Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarining mohiyati tizimi va tasniflanishi

Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarining mohiyati tizimi va tasniflanishi

O'quvchilarga / Huquq
Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarining mohiyati tizimi va tasniflanishi - rasmi

Material tavsifi

Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarining mohiyati tizimi va tasniflanishi Reja: Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarini o'rganish Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunlarda Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarining mohiyati, tizimi va tasniflanishi Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari maqsad va vazifalariga ko'ra muayyan bir tizimni tashkil qiladi. Ular o'zaro bog'liqlikda faoliyat ko'rsatganliklari bilan har bir asos o'z mazmuni va xususiyatiga ega. Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslaridan ko'zlangan asosiy maqsad yuqori instansiya sudlarining qonuniy kuchga kirgan yoki kirmagan hukmlariga xolisona baho berishlari uchun imkoniyat yaratishdir. Umuman olganda, protsessual qonun talabiga javob bermagan hukm uni bekor qilish yoki o'zgartirish uchun asoslarning bir nechtasini o'zida qamrab olishi mumkin. Chunki, dastlabki tergovda yoki sud tergovida talab darajasida to'la, har tomonlama, xolisona tekshirilmagan jinoyat ishiga asosan chiqarilgan hukmni yoki moddiy va protsessual qonunga rioya qilinmagan holda tuzilgan yakuniy hujjatning xulosalarini to'g'ri yoki tayinlangan jazoni adolatli deb bo'lmaydi. Hukmdagi xato va kamchilik inson xaq-huquqlarini poymol qiladigan darajada jiddiylashgan hollardagina bekor qilinadi. Bu ahvolda hukmni ijroga qaratib bo'lmasligi aniq va ravshan bo'lishi kerak. Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarining eng muhim jihati jinoyat protsessining deyarli barcha bosqichlarini o'zida qamrab olganligidir. L.A. Bogoslovskaya hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslariga ta'rif berib, jinoyat ishini qo'zg'atish, dastlabki tergov, jinoyat ishini sudga tayyorlash va sud muhokamasi bosqichlarida yo'l qo'yilgan barcha tipik buzilishlarni o'ziga xos umumlashtirilgan ifodasidir, - deydi. Boshqacha qilib aytganda, hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari yuqori instansiya sudlari faoliyatini chegarasini belgilaydi. Jinoyat protsessiga oid adabiyotlarda hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari turlicha talqin qilingan. Masalan, A.L. Rivlin Kassatsiya asoslari qonunda belgilab qo'yilgan shunday mezonlarki, yuqori bosqich sudlari ularga tayanib, ishda mavjud bo'lgan va taraflar tomonidan taqdim etilgan materiallarga asoslanib, hukmning qonuniyligi, asosliligini tekshiradi, - deydi. A.L. Rivlinning kassatsiya asoslari - bu muayyan mezonlardir degan fikri ham juda o'rinli. Darhaqiqat, bu asoslar yo'l qo'yilgan qonun buzilishlaridan dalolat beradi va hukmni bekor bo'lishiga yoki o'zgarishiga olib keladi, xususan, yuqori instansiya sudlari hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishlari uchun mezon vazifasini o'taydi. Bu o'rinda B.M. Tavrovskiyning quyidagi fikriga ham qo'shilsa bo'ladi. Uning fikricha, bu qonun talablarini surishtiruvchi, tergovchi, ayblov xulosasini tasdiqlagan prokuror yoki ishni mazmunan ko'rgan sudyaning jinoyat ishini tergov qilish va hal qilish jarayonida yo'l qo'ygan xato va kamchiliklari evaziga noqonuniy, asossiz, adolatsiz chiqarilgan hukmning ijro etilishini istisno qiladigan holatdir. Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarini o'rganish amaliyotda yo'l qo'yilayotgan jiddiy xato va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish chora-tadbirlarini ko'rishga yordam beradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.81 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.81 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga