Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarining tushunchasi va rivojlanish tarixi Reja: Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarining tushunchasi Jinoyat sudlov ishlarini yuritilishi Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari tizimi Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslarining tushunchasi Hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari instituti yuzasidan o'zbek olimlaridan ayrimlari ilmiy izlanish olib borganlar. Bu masala o'z mazmun mohiyatiga ko'ra muhim, zero uning zaminida inson taqdiri yotadi. Nohaq jinoiy javobgarlikka tortilgan aybsiz shaxsni jazo o'tashi va haqiqatda aybdor bo'lgan shaxsni jazodan qutilib qolishini tasavvur qilishning o'zi qonunga hurmat va e'tiqodni susaytiradi. Kech bo'lsa ham yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish imkoni bordir, lekin yo'qotilgan sog'liq, boy berilgan umr, qadr-qimmatni kim qoplaydi? Bu holat jamiyat, davlat manfaatlariga ham mutlaqo ziddir. Noqonuniy, asossiz va adolatsiz sud qarorlarini chiqarilishi oldini olish mumkin, albatta, chunki hukmni sudya yoki sud tarkibi chiqaradi. Buning uchun qonundan yoki huquqiy tartibdan norozi bo'lish emas, balki sudyalarni tanlash va tayinlashda uning insoniy sifatlarini o'rganish, ularga qo'yiladigan talabni kuchaytirish lozim, toki shunday noloyiq huquqshunos adashib adolat va haqiqat kursisini egallamasin. Sud hokimiyatini nufuzini oshirish nafaqat sudning, shu bilan birga sudyalarning ham obro'-etiboriga bog'liq. Sh. Monteske sudya o'z vazifalarini sidqidildan, halollik bilan bajarayotganligini, tamagirlik unga yotligini xalq bilishi kerak, shundagina unga hurmat va ishonch ortadi, bu nafaqat sudning nufuzini balki, sudyaning ham obro'sini oshiradi, deydi. Sudyalarga nisbatan qo'yiladigan umumiy talablar yuridik adabiyotlarda ko'p bora yoritilgan. Jumladan, N.V. Radutnayaning bu masaladagi fikri etiborga loyiq. U sudyalarning kasbga bo'lgan e'tiqodini-mehnatga munosabati, malakasi, qalban adolatliligi va mas'uliyatliligi kabi omillar belgilaydi, deydi. Sudyalarning kasbiy darajasi yuksak, o'zlari esa etarli tajribaga ega bo'lsalargina chiqargan hukmlari qo'yilgan talabga to'la javob beradi. Lekin, hukmni bekor bo'lishiga olib keladigan xatoni faqat sudyaga yuklashdan yiroqmiz, chunki sudgacha jinoyat ishi dastlabki tergovda tayyorlanadi, isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar to'la, har tomonlama va xolisona isbotlanadi. Sudyaning bo'yniga bunday xatoni qo'ymaslikning yagona yo'li, jinoyat ishi materiallarini sudga tayinlash bosqichida yuqorida takidlaganimizdek, sud nazoratini kuchaytirishdir. Sudyaning o'z kasbi va mansabini qadrlashi ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun sud etikasiga qatiy rioya qilish talabi uni insofga chaqiradi, diyonatli bo'lishga undaydi. Z.V. Makarova sud madaniyati quyidagi tarkibiy qismlar yig'indisidan iborat, deb yozadi: 1) huquqiy madaniyat, qonunni to'g'ri tushunish, unga rioya qilish va tatbiq qilish qobiliyatining mavjudligi; 2) ma'naviy yetuklik - bunda jinoyat ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda axloq prinsiplari va normalariga rioya etish nazarda tutiladi, qachonki huquq normalari bilan ma'naviy, axloqiy normalar birgalikda amalga oshirilsa, muammolarni ijobiy hal bo'lishiga erishiladi; 3) siyosiy madaniyat, muayyan siyosiy qarashlar, qadriyatlar, bilimlar majmui, jamiyat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.63 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.63 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: docx