Hukumatni tuzish, uning tarkibi va boshlig'i Reja: Hukumat ichki tuzilishining 2 tizimi: kontinental (AQSH, Fransiya, GFR va anglosakson Buyuk britaniya va h Hukumat tarkibiga tasnif. Xorijiy davlatlarda ijro etuvchi hokimyat organlari faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslri to'g'ridan-to'g'ri o'z davlatlarining konstitutsiyalarida, qonunlarida, nizom va ustavlarida ko'rsatilgan bo'ladi. Masalan, Avstriya konstitutsiyasining 19-moddasiga binoan ijro etuvchi hokimyatning yuqori organi Federal prezident,fedaral ministr va davlat kotiblari, shuningdek o'lkalar hukumatlarining a'zolaridir deb ko'rsatilgan. Federal hukumatning tashkil etilishi va faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy me'yorlar mazkur konstitutsiyaning 69-77-moddalarida o'z ifodasini topgan. Binobarin, 69-moddada yozilishicha Federasiya ishlarini oliy darajada boshqaruv,agr u Federal prezidentga topshirilmagan bo'lsa, Federal kanslerga, vitse-kanslerga va boshqa federal ministrlarg topshiriladi. Ular federal kansler boshchiligida birgalikda federal hukumatni tashkil etadilar. Vitse-kansler federal kanslerning barcha sohalaridagi vakolatlarini bajarib turadi. Bir vaqtning o'zida federal kanslerga va vitse-kanslerga ularning o'z vazifalarini amlga oshirishlarida to'sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, federal prezident federal hukumat a'zolaridan biriga federal kansler vazifalarini bajarib turishni topshiradi. 70-moddada ko'rsatilishicha, federal kansler ham, uning taklifi bilan federal hukumatning qolgan a'zolari ham federal prezident tomonidan tayinlanadi. Federal kanslerning yoki federal hukumatning butun tarkibi bilan iste'foga chiqishi uchun tegishli taklif talab qilinmaydi; federal hukumat ayrim a'zolarining istefoga chiqishi federal kanslerning taklifi bilan amalga oshiriladi. Federal kanslerni yoki federal hukumatning butun tarkibini tayinlash to'g'risidagi qaror yangi tayinlangan federal kansler mimzosi bilan tasdiqlanadi; iste'foga chiqishni imzi bilan tasdiqlash talab qilinmaydi. Milliy kengashga saylanish hukuqiga ega bo'lgan shaxsgina federal kansler, vitse-kansler yoki federal ministr etib tayinlashi mumkin; federal hukumat a'zolari milliy kengash tarkibiga kirmasliklari kerak. Agar federal hukumat iste'foga chiqqan bo'lsa,federal prezident yangi federal hukumat tashkil topgunga qadar boshqaruvchi amalga oshirib turish vazifasini iste'foga ketgan hukumatning a'zolariga yoki federal idoralarning yuqori amaldorlariga yuklash va ulardan biriga federal hukumatga vaqtincha boshchilik qilib turishni topshirishi lozim(71-modda). Federal hukumat a'zolari, shuningdek, davlat kotiblari Milliy kengashi, federal kengash va federal majlisning barcha yig'ilishlarida, shuningdek, bu vakolatli organlarning qo'mitalari majlislarida qatnashish huquqiga egadirlar. Biroq Bosh qo'mitaning doimiy kichik qo'mitasi majlislarida va Milliy kengash turgov qo'mitalarining majlislarida-faqat alohida taklif bilan qatnashishadilar. Federal qonunning Milliy kengash reglamenti, shuningdek, federal kengash reglamenti haqidagi batafsilroq qoidalari bilan federal hukumat a'zolri va davlat kotiblari o'z talablariga muofiqhar qanday holatda o'z fikrlarini aytishlari lozim (75-modda). Avstriyada davlat hokimyatilaridan biri bo'lgan federal hukumat, ya'ni ijro etuvchi hokimyatning tashkiliy huquqiy asoslari shu va shu kabi moddalarda o'z ifodasini topgan. Ozarbayjon Respublikasida ijro etuvchi yuqori hokimiyat organi-bosh vazir boshchilik qiladigan Vazirlar Mahkamasidir. Hukumat Ozarbayjon Respublikasining Prezidentiga mansubdir. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maqomi konstitutsiyasining 114-moddasida ko'rsatilgan. Unda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.48 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.48 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: doc