Huquq buzarlik va yuridik javobgarlik

Huquq buzarlik va yuridik javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
Huquq buzarlik va yuridik javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

Huquq buzarlik va yuridik javobgarlik Reja: Huquqiy xulq: tushunchasi, tarkibiy qismlari, motivlari, turlari. Huquqbuzarlik: tushunchasi, asosiy belgilari, turlari. Yuridik javobgarlik: tushunchasi, xususiyatlari, turlari. Yuridik javobgarlik maqsadlari, funksiyalari va tamoyillari. Aybsizlik prezumpsiyasi. Xatti-harakatning huquqqa xilofligi va yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar. Huquqiy xulq tushunchasi, tarkibiy qismlari, motivlari, turlari Ma'lumki, insonlarning faoliyati, xulq-atvori bir xil emas. Huquq insonning huquqiy ta'sir doirasiga kiradigan xatti-harakatini tartibga soladi. Huquq bilan tartibga solinuvchi xulq-atvor huquqiy xulq deb nomlanadi. Ayni paytda huquqiy xulqning yuridik belgilari ham mavjud: a) huquqiy tartibga solinganligi; b) davlat nazorati ostidaligi; v) yuridik oqibatlarga olib kelishi. Ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining mutlaq ko'pchiligi huquqqa mos ravishda, ya'ni mamlakat qonunlariga rioya qilib, uni buzmasdan, o'z huquq va erkinliklaridan foydalangan holda va majburiyatlarni bajarib normal xulq-atvorni amalga oshiradilar. Bu individual va jamoaviy xulq-atvor subyektlarining asosiy va umumiy xulq shaklidir. Huquqiy xulq eng avvalo aholining ongli qismini, ya'ni qonunga itoatkor fuqarolarni qamrab oladi. Qonunni hurmat qilish esa huquqiy davlat va uning umumiy yuqori madaniyatining muhim xususiyatidir. Bunday xulq uyushgan kishilik jamiyatining, o'zaro maqbul va ma'rifiy munosabatlarning zarur shartidir. Rimliklar fikricha: «Kimki qonunlar asosida yashasa, u hech kimga zarar yetkazmaydi». Demak, huquqiy xulq - bu yuridik normalar talablariga mos keluvchi xulqdir. Bunda huquqiy qoidalarga bo'ysunish ko'p hollarda sof mexanik (reflektor) emas, balki individning butun hayotiy tajribasi, uning madaniy, axloqiy va huquqiy qarashlari bilan belgilanadi. «qonun bilan man etilmagan narsalarga ruxsat beriladi» degan mashhur prinsipga asoslangan huquqiy xulq prezumpsiyasi mavjud. Huquqiy xulqning xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi: u ijtimoiy zarur va ijtimoiy foydali hodisa; inson irodasi erkinligini ifodalaydi va amalga oshiradi; 3) ham individ, ham davlat manfaatlari va ehtiyojlarini qanoatlantiradi; jamiyatda zaruriy huquqiy-tartibotni ta'minlaydi; shaxsning pozitiv javobgarligi bilan bog'liq; huquqiy davlat huquqqa zid xulqni jamiyat hayotidan siqib chiqarish orqali huquqiy munosabatlar doirasini kengaytirishga intiladi, ya'ni huquqiy xulq ommaviy hisoblanadi; ixtiyoriy va ongli ravishda amalga oshiriladi. Huquqiy xulq - bu huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyat kasb etuvchi huquq subyektlarining ongli va ixtiyoriy xulqidir. Mohiyatiga ko'ra, huquqiy xulq shakllari huquqni amalga oshirish shakllariga to'la mos keladi, ya'ni huquqiy xulq huquq normalarini amalga oshirilishini ifoda etadi, huquqqa rioya qilish, uni bajarish, undan foydalanish va uni qo'llash kabi shakllarda namoyon bo'ladi. Huquq normalariga amal qilish, yuridik majburiyatlarni bajarish, o'rnatilgan huquqlardan foydalanish, maxsus subyektlar tomonidan huquqni qo'llash - bular hammasi birgalikda huquqiy xulqning mohiyatini ifodalaydi. Bu yerda subyektning xulqi qanday holatlarda huquqiy, biroq jamiyat uchun istalmagan va zararli bo'lishini farqlash zarur. Masalan, subyekt arzimas sabablar bilan bir necha marta nikohni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.11 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.11 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga