Huquq darsining tuzilishi va turlari

Huquq darsining tuzilishi va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Huquq darsining tuzilishi va turlari - rasmi

Material tavsifi

Huquq darsining tuzilishi va turlari Reja: Huquq darslarining tuzilishi O'qituvchi ish rejasi O'qituv hujjatlari Huquq darslarining tuzilishi Har bir huquq mashg'ulotlarida o'quvchilarga puxta bilim berib boriladi. Mustaqil ishlar, qo'shimcha mashg'ulot, suhbatlar va hoka'zolar ham bilim berishning shakllari bo'lib hisoblanadi. Ularning mazmuni esa darsda o'rgatiladigan ma'ruzalar mazmuni bilan bevosita bog'liqdir. Dars o'quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli, ma'ruza asosiy shakli va asosiy mazmuni o'quvchilarga bilim va tarbiya berishdan iborat. Huquq o'qitish murakkab va keng qamrovli jarayon bo'lib, darsda o'quv materialini bayon etish bilan cheklanib qolmaydi. Huquqiy ma'lumotlarni o'quvchi tomonidan to'la o'zlashtirishga erishish darsning asosiy maqsadi hisoblanadi. Huquq darsi oddiy mashg'ulot emas, uni katta va murakkab ishonch muassasasiga o'xshatish mumkin, chunki unda o'qituvchi ham, o'quvchi ham doimo turli tuman va o'ta mas'uliyatli vazifalar bilan band bo'ladi. Darsning mazmuni, bayon etish shakli, o'rgatish obyektlari ham doimiy ravishda murakkablashib boradi. Darsda o'quvchining bilim darajasi tekshirib boriladi; o'tilgan ma'ruza albatta mustahkamlanishi shart; yangi o'rgatilayotgan mavzu ustida o'quvchilarni mustaqil fikrlash; hujjatlarni tahlil qilish va taqqoslashga o'rgatib boradi, Huquqiy o'qitish usullari ham har xil. Masalan, og'zaki bayonning turli shakllari, bilimni tekshirish usullari, ko'rgazmali qurollar, ularning turlari va ularning foydalanish yo'llari va hoka'zolar huquq fanidan dars berishning o'ziga xos shakl va usullaridan biri hisoblanadi. Har bir huquq darsi o'z mavzusiga ega bo'ladi. Darsning mavzusi esa dastur va darslik mazmuni asosida o'qituvchi tomonidan tuziladi. Dars mavzusi qisqa va o'quvchilarga tushunarli qilib tuzilmog'i shart. Mavzuning nomi esa yangi materialni bayon etishdan oldin o'quvchi diqqatiga e'lon qilinadi. Yangi darsni bayon etish rejali tarzda olib boriladi. Dars mavzusini bir necha masalalarga bo'lib ko'rsatishni, materialni o'rgatish rejasi deyiladi. Rejaning punktlari ikkitadan kam beshtadan oshiq bo'lmasligi shart. Mavzuning rejalari har bir darsda oldindan emas, har bir mavzu, uning barcha punktlari mo'ljallangan vaqtda o'tib ulgurishi shart. O'qituvchi ish rejasi Darsni o'tishdan oldin o'qituvchi ish rejasini tuzadi. Ma'lumki har bir sohaning o'quv rejasi asosida o'quv dasturi tuzilgan. Shu dastur o'quv yiliga o'qituv ish rejasi tuzishda asos qilib olinadi. O'qituvchi dasturdan kelib chiqqan holda kalendar reja tuzadi. Unda mavzular soatlarga bo'lib chiqiladi va dars o'tish vaqti, hajmi, turi ko'rsatiladi. O'qituvchilar ish rejasiga qo'shimcha metodik karta ham tuzishlari mumkin. Unda darsning mavzusi, maqsadi, dars o'tish usuli, foydalanadigan adabiyotlar va texnik vositalari, darsni yakunlash metodi ko'rsatiladi. Metodik karta tuzish uchun o'qituvchi puxta tayyorgarlik ko'rishi, unga kiritilgan ma'lumotlarni yaxshi bilishi, barcha o'qituv vositalarini o'tiladigan mavzu bilan bog'lashi kerak. Metodik kartalarda mavzular qismlarga bo'linib chiqiladi, har bir ma'ruza mavzulari bo'yicha savollar tuziladi, uy vazifalari, foydalanadigan adabiyotlar yoki ko'rgazmali qurollar, mustaqil ish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.62 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.62 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga