Huquq darslarida ko'rgazmali qurollardan foydalanish

Huquq darslarida ko'rgazmali qurollardan foydalanish

O'quvchilarga / Huquq
Huquq darslarida ko'rgazmali qurollardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Huquq darslarida ko'rgazmali qurollardan foydalanish Reja: Huquq darslarida kartochka, sxema va jadvallardan foydalanish tushunchasi; Huquq darslarida modellashtirilgan ta'lim tizimi Huquq darslarida ko'rgazmali qurollardan foydalanish tushunchasi Huquqshunoslik nazariy va amaliy ahamiyatga molik fan bo'lganligi uchun uni o'qitishda ko'rgazmali vositalardan keng foydalanish yaxshi natijalar berishi amaliyotda o'z ifodasini topgan. Aynan siyosiy, huquqiy va iqtisodiy hayotga oid bo'lgan tushunchalarni bayon etishda bunday vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi va berilgan ma'lumotlar o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Ko'pchilik pedagog olimlar bu borada tadqiqot ishlari olib borib o'zlarining xulosalarida shunday ma'lumot berganlar. O'quvchilar tomonidan o'zlashtirib olingan materiallarni uch haftadan keyin tekshirib sinovdan o'tkazganlar. Sinov natijasiga ko'ra raqamlardan 18%i, bo'g'inlardan 21%i, so'zlardan 36%i, proza asarlardan 38%i, she'rlardan 68% va rasmlardan 92% i o'quvchilarning xotirasida saqlanib qolganligi ma'lum bo'ldi. Demak, ko'rgazmali qurollar-rasm, tablitsa, slayd, jadvallar tinglovchilarning xotirasida eng ko'p saqlanib qolishi aniqlangan. Huquqshunoslik fanining deyarli barcha mashg'ulotlarini tashkillashtirish jarayonida kartochkalar, sxemalar va jadvallardan foydalanish katta samara berishi va shuni hisobga olgan holda doimo diqqat e'tibor qilinishi maqsadga muvofiq ekan. O'qituvchi yoki o'quvchilar tomonidan tayyorlangan bunday ko'rgazmalar estetik-gigiyenik talablarga javob berishi lozim. O'zbekistonda davlatchilikni shakllanishi mavzusini o'tish davomida o'qituvchi yirik mutaxassislar, allomalar, davlat boshliqlari tomonidan berilgan ta'riflar, kartochka holatida tayyorlanishi mumkin. O'zbekiston suveren mustaqil davlat mavzusi o'tilayotgan darsda bir necha kartochkalardan foydalanish mumkin. Davlat suvereniteti masalasini kengroq va chuqurroq bayon etish maqsadida o'qituvchi o'zi tayyorlagan kartochkalarni ma'lumotlari bilan o'quvchilarni tanishtiradi. O'qituvchi davlat huquqi mavzusini o'tayotgan darsda asosiy diqqat e'tiborni Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni degan masalaga qaratmog'i lozim. Buning uchun o'qituvchi maxsus bir nechta kartochkalar tayyorlaydi va unda Konstitutsiyaning tuzilishi, mazmuni va mohiyatini aks ettirgan ma'lumotlar berilgan bo'lishi shart. 2. Huquqshunoslik darslarida modellashtirilgan ta'lim tizimi Har bir darsda o'tiladigan mavzuning mazmuni, xarakteri va o'rganish obyektlarining hajmi hamda miqdoriga ko'ra, shuningdek, dars o'tilayotgan sinf o'quvchilarining bilim darajasi va o'qituvchining tayyorgarligiga qarab mashg'alotlar har xil shaklda qurilishi, turli usullar bilan tashkil etilishi mumkinki, uni hozirgi davr talabidan kelib chiqib yangi texnologik ta'lim degan tushuncha bilan ifodalash mumkin. Ta'limning texnologik usullaridan biri darslarda modellashtirilgan ta'lim usulini qo'llab borishdir. Modellashtirish deganda har bir dars mashg'ulotini tashkil etishda o'tiladigan mavzuga tegishli majburiy bilim hajmini qamrab oluvchi materiallarni to'la aks ettira oladigan asosiy yo'nalish va tamoyillarni belgilab olish tushuniladi. Dars mashg'ulotlari uchun belgilangan modellashtirilgan ma'lumotlardan u yoki bu mavzuni o'tishda foydalanish, darsning samaradorligini oshiradi, uning maqsadini aniq belgilab olishga yordam beradi. O'qituvchining ishini ancha osonlashtiradi. Shularni hisobga olib o'qituvchi har bir huquq darslarini tashkil etishda modellashtirishga oid ma'lumotlarni to'plab borishi, ularni bir tizmga solib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.33 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.33 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga