Huquq darslarida manbalaridan foydalanish

Huquq darslarida manbalaridan foydalanish

O'quvchilarga / Huquq
Huquq darslarida manbalaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Huquq darslarida manbalaridan foydalanish Reja: Huquq darslarida manbalardan foydalanish tushunchasi Huquq darslarida yoshlarni faollashtirish yo'llari Huquqiy faollik Huquq darslarida manbalardan foydalanish tushunchasi Huquqshunos fanining o'qituvchisi o'zining pedagogik faoliyati davrida davlatning asosiy qonuni, Prezident asarlari va huquq manbalaridan foydalanishni o'zi uchun odat qilib olishi shart, chunki bunday yo'nalishdagi ma'lumot va xabarlar har qanday o'quvchi va tinglovchi diqqatini o'ziga tortadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunchilikning asosiy negizi, davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar faoliyatining asosiy maqsadi va yo'nalishini belgilab beradi. U oliy yuridik kuchga ega bo'lib, qolgan har qanday qonun hujjatlar Konstitutsiya normalirga mos bo'lishi, uning talablariga zid kelmasligi shart. «Huquqshunoslik», «Konstitutsiyaviy huquq», «Inson huquqlari» singari darslar mavzulari o'rgatilganda Konstitutsiyaning eng avvalo muqaddima qismidan foydalanish va ana shu tamoyillarni o'quvchilariga singdirish lozim. Bu yerda o'qituvchi «Milliy davlatchilik haqida» kitobdan qiziqarli suhbat qilishi mumkin. Masalan, kitobda o'zbek milliy davlatchilik tarixi taraqqiyot bosqichlari, o'troq xalq hayoti bilan chambarchas bog'liqligi keng tahlil qilganligan. O'zbekiston Milliy davlatchiligi g'oyasi aynan, mustaqillik yillarida rivojlantirildi. Bu o'rinda «Temur tuzuklari» ning o'zbek tilida chop etilishi, «Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni» asarining nashrdan chiqarilishi qilingan samarali ishlardan hisoblanadi. Dars o'tishda bulardan foydalanish mumkin. 2. Huquq darslarida yoshlarni faollashtirish yo'llari Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari, ijtimoiy hayotdagi o'rnini bilib olgan har bir o'qituvchi barcha yoshlarni qonunga, me'yoriy hujjatlar talablariga javob bera oladigan shaxs qilib tarbiyalamog'i lozim. Dars va mashg'ulotlar jarayonida, har bir o'quvchi kelajakda o'z hayot yo'lini, hayotdagi pozitsiyalarini asta sekin shakllantirib borishga erishsin. Fuqarolarning turmushdagi faolligi va tashabbuskorlik bilan hayot kechirishi ularning ma'naviy axloqiy va huquqiy e'tiqodlariga bevosita bog'liqdir. Har bir inson davlat va jamiyat hayotda faol ishtirok etayotgan bo'lsa, huquqiy bilimga to'la ega bo'lsa, u o'zining konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari va barcha imkoniyatlaridan ham kundalik hayotida faydalanib boradi. Har bir fuqaro o'z hayotida mustahkam pozitsiyada tursa, jamiyat oldidagi dolzarb muammolariga to'g'ri baho berishga harakat qiladi. Shaxsning huquqiy faolligi ijtimoiy hayotning barcha sohasida namoyon bo'ladi. . 3. Huquqiy faollik Huquqiy faollikni o'z mazmun mohiyatiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: mehnat jamoalaridagi; ijtimoiy-siyosiy sohalardagi; madaniy sohadagi huquqiy faolliklar. Fuqarolar hayotidagi huquqiy faollik bir necha yo'nalishlarda shakllanishi mumkin. Masalan, o'quvchi yoki talaba barcha fanlardan a'lo baholarga o'qiganligi faol yo'nalishning aniq maqsadi bo'lishi mumkin, lekin u jamoat ishlarida faol qatnashmasligi, huquqiy faol bo'lmasligi va hoka'zolar unga halal beradi. Hayotiy pozitsiyada qat'iy turib o'zgalar va jamiyat manfaatlarini ko'zlab turli tadbirlarda, jamoat ishlarida qatnashib borsa, uning faoliyati foydali faoliyat bo'lib hisoblanadi. Maktablarda, o'quv yurtlarida, mehnat jamoalarida intiluvchan shaxs qanchalik ko'p bo'lsa, ijtimoiy hayotning barcha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.42 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.42 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga