Huquq fanining ta'lim-tarbiyaviy vazifalari Reja: Huquq fanlarining ta'lim-tarbiyaviy vazifalari Huquq fani dasturi, uning tuzilishi va vazifasi Huquq fani darsligi Yuridik tushunchalar, ularni shakllantirish Huquq fanlarining ta'lim-tarbiyaviy vazifalari Mustaqillik va istiqlol yo'lini dadillik bilan belgilab olib o'z kelajagini, huquqiy davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini bunyod etayotgan O'zbekiston Respublikasida «Ta'lim to'g'risidagi qonun», Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan bu hujjatlarning tashabbuskori Prezidentimiz ekanligi keng jamoatchilikka yaxshi ma'lum. Keyingi paytda ham ta'lim-tarbiya masalalariga oid qator qonun hujjatlari ishlab chiqildi. Ular jumlasiga: birinchidan, O'zbekistonda umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida; ikkinchidan, O'zbekistonda o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari kiradi. Prezidentimiz bu masalalarni hayotga tadbiq qilish sohasida tashabbus bilan faoliyat ko'rsatib kelmoqda. «Tafakkur» jurnalining muxbiriga bergan javoblarida yurtboshimiz ta'lim tarbiya masalalarini juda ham yuqori baholagan. Ta'lim-tarbiya ong mahsuli. Bu o'rinda Oliy Majlis raisi E.Halilovning «Huquqiy ongning ijtimoiy hayotdagi roli» asari muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib, huquqiy ong va tafakkurni, belgilab olingan asosiy maqsadimiz - ozod va obod vatan, fuqarolik jamiyatini barpo etib bo'lmaydi. Huquq fani dasturi, uning tuzilishi va vazifalari «Ta'lim to'g'risida» gi qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta'lim mazmunini yangilash, yoshlarning intellektual rivojlanishini ta'minlash, uning modellarini yaratish va boshqa vazifalar belgilab berildi. Bu hujjatda pedagogik texnikani rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Fanning alohida sohasiga aylanadigan pedagogika vositasida: birinchidan, ta'lim tizimida tub o'zgarish yuz beradi; ikkinchidan, o'qituvchi faoliyati yangilanadi va takomillashadi; uchinchidan, yoshlarning hurfikrlik va insonparvarlik tuyg'ulari shakllanadi. Texnika tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bevosita bog'liq holda fanga 1872 yil kirib kelganligini ta'kidlash lozim. U yunoncha «texnos», ya'ni san'at, mahorat, hunar, shuningdek, «logos»- fan so'zlaridan tashkil topib, mahorat va hunar fani ma'nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya o'qituvchining o'quvchi faoliyatiga bevosita ta'siri bo'lib, uning shaxsiy sifatlarini shakllantirishga amaliy yordam beradi. Metodika o'quv jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar yig'indisidir. Pedagogik texnologiya esa o'qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va natijalarini kafolotlovchi tadbirlar yig'indisidir. Milliy dastur ta'lim tarbiyaning maqsadini yangilash, uni eski mafkuraviy sarqitlardan halos etish, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash vaazifalarini belgilab beradi. Demak, ta'lim-tarbiyaning maqsadi tubdan yangilab boriladi. Pedagogik jarayonning yangilanishi bilan inson faoliyatning chegarasi ham kengayadi. Auditoriyaga yangi texnologiya, sanoat, elektron kompyuterlar, axborot vositalari ham kirib kelmoqda. O'quvchi kompyuter tizimiga kirishi Respublika hukumatining maxsus qarori bo'lib, 1998-199 o'quv yilida DTS asosida tuzilgan 23 ta fan dasturi yillik mutaxassis olimlar tomonidan ishlab chiqildi. Ular mamlakatimizning 346 maktabida tajriba sinovlaridan o'tgan. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.97 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.97 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:13 ]
Arxiv ichida: doc