Huquq haqida ta'limot

Huquq haqida ta'limot

O'quvchilarga / Huquq
Huquq haqida ta'limot - rasmi

Material tavsifi

Huquq haqida ta'limot Reja: 1. Huquq tushunchasi, mohiyati va belgilari. 2. Huquq haqida nazariyalar. 3. Huquqning funksiyalari. 4. Huquqning asosiy tamoyillari. HUQUQ TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA BELGILARI Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatida insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonunlarga muvofiq ravishda rivojlanadi va takomillashib boradi. Huquqning asosiy mohiyati muayyan jamiyatda kishilar o'rtasida kelishuvni ta'minlash, fuqarolar osoyishtaligini saqlashga ko'maklashish, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda davlat siyosatini amalga oshirish orqali jamiyat taraqqiyotini ta'minlashdan iborat. Huquq - bu qonunlar yig'indisi, muayyan xatti-harakat qoidalari sifatida turli davrlarda va jamiyatlarda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Huquqning shakllariga, shuningdek unda demokratik, ijtimoiy adolat qoyalari qay darajada mujassamlashganligiga milliy an'analar, muayyan tarixiy sharoit, davlat tepasidagi shaxslar va boshqa ko'pgina omillar ta'sir qiladi. Huquq - bu kishilarni ijodiy imkoniyatlarini qo'llab-quvvatlash vositasida jamiyatning gullab-yashnashiga ko'maklashuvchi, kishilar hamkorligi uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi, yovuz kuchlarni jilovlab turuvchi, bu kuchlarni fuqarolar, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetkazishlariga yo'l qo'ymaydigan vositalar yig'indisi bo'lmoqi kerak. Huquq shunchalik keng (buyuk) murakkab va ijtimoiy muhim bo'lgan fenomen bo'lib, o'zining butun amaldagi faoliyatida unga nisbatan bo'lgan ilmiy qiziqish nafaqat tugaydi, balki oshishi kuzatiladi. Hozirgi yuridik fanlarda «huquq» termini katta ahamiyatga egaligi haqida ko'p so'z yuritiladi va ulardan foydalaniladi. Birinchidan, kishilarning ijtimoiy huquqiy intilishlarini, masalan, yashash huquqi, xalqlarning o'z-o'zini tanish huquqi kabilar bu intilish va bog'liqliklarning kishilar va jamiyatning tabiatidan kelib chiqib, tabiiy huquq deb hisoblanadi; Ikkinchidan, huquq deb yuridik normalar tizimi tushuniladi. Bu huquq obyektiv ma'noda quyidagicha tushuniladi, ya'ni huquq normalari ba'zi bir shaxslarning erkiga bog'liq bo'lmasdan yaratiladi va harakatda bo'ladi. Uchinchidan, bu atama orqali yuridik, jismoniy shaxslar yoki tashkilotlarning rasmiy tan olingan imkoniyatlari belgilanadi; To'rtinchidan, «huquq» atamasini barcha huquqiy hodisalarning tizimini belgilash uchun ishlatiladi (jumladan, tabiiy huquqni obyektiv va subyektiv ma'nodagi huquqni qamrab olgan holda) Huquq - ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga soluvchi tizim bo'lib, asosiy qism qonunchilikda o'z ifodasini topadi, rasmiy manbalarda normativlilik va rasmiy aniqlikka ega bo'lib, adolatparvarlik va erkinlik g'oyalariga suyanadi (tayanadi). Huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi maxsus tizimini xarakterlovchi muhim xususiyatlarini quyidagilar tashkil etadi. Normativlik, huquqning intellectual - erkin xarakterdaligi, davlatning majburlov kuchi bilan ta'minlanishi, rasmiy aniqlik, tizimga egaligi va boshqalar Huquq murakkab tizimiy tashkiliylikdan iborat bo'lib, uni tushunishning uchta elementga bo'linishi katta ahamiyat kasb etadi, ya'ni huquqni tabiiy, pozitiv (ijobiy) va subyektiv huquqlarga bo'linishidir. A) tabiiy huquq - bu inson va jamiyatning tabiati bilan shartlangan huquq va erkinliklarning yig'indisidir. Tabiiy huquqning muhim qismidan biri bu inson huquqidir. B) pozitiv huquq - bu davlat tomonidan qabul qilingan normalarda, qonunchilikda va boshqa manbalarda o'z ifodasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 220.41 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:13 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 220.41 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga