Huquq harakati jarayoni va huquqni amalga oshirish shakllari

Huquq harakati jarayoni va huquqni amalga oshirish shakllari

O'quvchilarga / Huquq
Huquq harakati jarayoni va huquqni amalga oshirish shakllari - rasmi

Material tavsifi

Huquq harakati jarayoni va huquqni amalga oshirish shakllari Reja: Huquqni amalga oshirishtushunchasi. Huquqni amalga oshirishshakllari va usullarining o'ziga xos xususiyatlari. Huquqiy normani qo'llash - huquqni tadbiq etishning muhim shakli sifatida. Huquqiy normani qo'llash jarayoni bosqichlari. Huquqni qo'llash aktlari: tushunchasi, xususiyati va turlari. Huquqni qo'llash aktlarining normativ-huquqiy aktlardan farqlari. Huquqni amalga oshirish tushunchasi Huquq, huquqiy normalar insonlar onggi va irodasiga ta'sir etib, ularni huquqqa mos harakat qilishga undaydi. Ma'lumki, kishilarning xulq-atvori, xatti-harakati huquqiy tartibga solishning obyekti bo'lib hisoblanadi. Huquqiy tartibga solishning dastlabki bosqichi bo'lib, huquqiy aktning qabul qilinishi hisoblanadi. O'quv adabiyotida davlat tomonidan huquqni amalga oshirishning boshlang'ich bosqichi sifatida qonun chiqarish faoliyati ko'rsatilib, bunda huquqiy qonunlar qabul qilinishi, ularda huquqiy qoidalarning shakllanishi va mustahkamlanishi nazarda tutiladi. Huquqni amalga oshirishning keyingi bosqichi bo'lib, qonunosti aktlarini qabul qilish hisoblanadi. Bunda qonunda mustahkamlangan huquq konkretlashtiriladi. Biroq, huquqiy tartibga solishda eng muhimi - bu huquq normasida mustahkamlangan umummajburiy qoidani amalga oshirish hisoblanadi. Huquq normalarini amalga oshirish - bu huquq subyektlarining huquq normalarini amalga oshirish bo'yicha xatti-harakati, ularning subyektiv huquqlarini amalga oshirish, yuridik majburiyatlarni bajarish bo'yicha amaliy faoliyatidir. Boshqacha qilib aytganda, kishilar xatti-harakatida huquq normasida umumiy tarzda mustahkamlangan talablarning ifoda etilishidir. Shu bois huquqning amalga oshirilishi, huquqda mustahkamlangan qoidaning ro'yobga chiqishi - aynan huquqiy tartibga solishning bevosita natijasidir, uning konkret ifodasidir. 2. Huquqni amalga oshirish shakllari va usullarining o'ziga xos xususiyatlari. Huquqni amalga oshirishning quyidagi shakllari mavjud: huquq normalariga rioya etish; huquq normalarini ijro etish; huquq normalaridan foydalanish; huquq normalarini qo'llash. Huquq normasiga rioya etish - bunda huquq subyekti amaldagi huquq bilan man etilgan xatti-harakat, qilmishni sodir etishdan o'zini saqlaydi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 140-moddasida «Haqorat qilish» jinoyati ko'rsatilgan, ya'ni jinoyat-huquqiy qonunchilik bilan shunday harakatni sodir etish jazo berish tahdidi ostida jinoyat deb tan olingan. Rioya qilish orqali man etuvchi normalar amalga oshiriladi. Ijro qilish (bajarish) - huquq subyekti tomonidan ijobiy xarakterdagi yuridik majburiyatlarni bajarish yuzasidan faol xatti-harakatlarni qilish talab etiladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada mustahkamlangan soliq to'lash majburiyati har bir huquq subyektidan belgilangan soliqlarni o'z vaqtida to'lab borishni talab etadi. Demak, huquq subyektlari o'zlariga yuklatilgan pozitiv majburiyatlarni bajarish orqali huquq normasida mustahkamlangan talabni ijro etadilar, yoki fuqarolar o'z konstitutsiyaviy burchlarini ado etish orqali ushbu konstitutsiyaviy normalar ijrosini amalga oshiradilar. Foydalanish - bu shaklda huquq subyekti o'z vakolatlarini amalga oshiradi, shu bois u o'z xohishiga ko'ra ham faol, ham sust harakat qilishi mumkin. Masalan, muayyan bir shaxs ma'lum bir dinga sig'inishi, boshqa shaxs esa siyosiy partiyaga a'zo bo'lib kirishi, uchini shaxs esa, siyosiy partiyaga a'zo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 61.71 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 61.71 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga