Huquq ijodkorligi tushunchasi, prinsiplari va turlari

Huquq ijodkorligi tushunchasi, prinsiplari va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Huquq ijodkorligi tushunchasi, prinsiplari va turlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Huquq ijodkorligi: tushunchasi, prinsiplari va turlari 2. Qonun ijodkorligi tushunchasi va bosqichlari. 3. Normativ huquqiy aktlarning zamon, makon va shaxslar doirasida amal qilishi. Huquq ijodkorligi tushunchasi Huquq manbalari orasida normativ huquqiy hujjatlar yetakchi о'rinni egallaydi. Normativ aktlar - davlat organi aktlari bо'lib, ularda yuridik normalar bо'lib, huquq ijodkorligi natijasidir. Huquq ijodkorligining о'zi esa undan ham kengroq jarayon bо'lgan huquq shakllanishining tarkibiy qismidir. Huquq shakllanishi yuridik normani vujudga keltirish va rasmiylashtirishni о'z ichiga olgan nisbatan uzoq jarayondir. U ijtimoiy sharoitni tahlil qilishdan, uni huquqiy tartibga solish zarurligini anglashdan, yuridik holat haqidagi umumiy tasavvurdan boshlanadi hamda yuridik normani ishlab chiqish va qabul qilish bilan yaqunlanadi. Huquq shakllanishining sо'nggi bosqichi huquq ijodkorligidan iborat. Huquq ijodkorligi - bu normativ huquqiy aktlarni qabul qilish, qayta ishlash va bekor qilish bо'yicha davlat organlarining (referendumda - butun xalqning) va uning mansabdor shaxslarining faoliyatidir. Huquq ijodkorligi faoliyatiga, yangi yuridik normalarni qabul qilish bilan birga, eskirib qolgan huquqiy normalarning qoidalarini bekor qilish va о'zgartirish ham kiradi. Huquq ijodkorligi xarakteri jihatdan davlat ahamiyatiga molik bо'lgan faoliyatdir. U jamiyatni boshqarishning juda muhim vositasi bо'lib, davlat turi, shakli, mexanizmi va funksiyalari bilan bevosita bog'liq. Huquqiy ijodkorlikning madaniy saviyasi va darajasi, shunga muvofiq qabul qilinayotgan huquqiy normativ aktlarning sifati - bu jamiyatning madaniy va demokratik kо'rsatkichidir. Huquq ijod etish vositasida tabiiy huquq normalari huquqiy normativ aktlar shakliga aylantiriladi va qonunchilik shaklidagi ijobiy huquq sifatida amalga kiritiladi. Huquq ijodkorligi prinsiplari Tabiiy huquq normalari va prinsiplari, fuqarolarning ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qonun darajasiga kо'tarish huquqiy ijodning mazmunini tashkil qiladi. Huquq ijod etish jarayoni ma'lum prinsiplarga tatbiq etilganda uning sifati va samaradorligini ta'minlab beradigan asosiy g'oyalarga asoslanadi. Huquqiy ijodkorlikning asosiy prinsiplari qо'yidagilardan iborat. Birinchi prinsip, huquqiy ijodkorlikning halqchil xarakterga egaligi. Huquqiylikka intilayotgan davlat qonunchilik faoliyatida о'z halqining keng qatlamlari bilan yaqindan aloqada bо'lishi zarur. XVII asrning о'rtalarida yashagan fransuz huquqshunos-faylasufi SH. Monteskye «Qonun chiqarish xokimiyati halqqa tegishli bо'lishi kerak degan qoida demokratiyaning asosiy qonunlariga tegishlidir» [23] - degan edi. Huquq ijodkorligining halqchil xarakteri shunda kо'rinadiki, birinchidan, qonun chiqaruvchi organlar xalq deputatlaridan tashkil topadi, ular xalq vakillaridir; ikkinchidan, huquqiy ijodkorlikning barcha subyektlari о'zlarining huquqiy normativ aktlarida fuqarolarining manfaatlarini aks ettiradilar. Ikkinchi prinsip, huquq ijodligining demokratizmi. Bu vakillik organining о'zi tomonidan hujjatni tayyorlash va qabul qilishning demokratik jarayonida, shuningdek, huquqiy ijod faoliyatiga fuqarolarni keng jalb qilishda kо'rinadi. Qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni ham о'zgardi: endi u ancha izchil va oshkoraroq bо'ldi. Qonunlarning umumxalq muhokamasi amaliyoti ham keng tatbiq qilina boshladi. Ular mehnat jamoalarida, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.16 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.16 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga