Huquq normalari tushunchasi, belgilari va o'ziga xos xususiyatlari

Huquq normalari tushunchasi, belgilari va o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Huquq normalari tushunchasi, belgilari va o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Huquq normalari tushunchasi, belgilari va о'ziga xos xususiyatlari. 2. Huquq normalarining turlari. 3. Huquq normalarining tuzilishi. «Norma» sо'zi, lotinchadan tarjima qilinganda, «qoida», «namuna» ma'nosini anglatadi. Huquq normasi - davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidalaridir. Huquq normasi umumiy xulq-atvor qoidasi sifatida: birinchidan, hayotiy munosabatlardagi tipik, takrorlanib turadigan narsalarni umumlashtirish zarurati natijasida shakllanadi; ikkinchidan, kо'p marta qо'llashga mо'ljallangan bо'ladi; uchinchidan, hamisha qandaydir umumiy belgilarga ega bо'lgan shaxslar (harbiy xizmatchilar, vrachlar va sh.k)ga qaratilgan bо'ladi. Huquq normasi davlat bilan uzviy aloqadordir. Huquq normasi: davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi; davlat tomonidan normativ hujjatlarda shakllantiriladi; davlatning irodasi sifatida namoyon bо'ladi; davlat tomonidan muhofaza qilinadi; davlat nuqtai-nazaridan eng muhim bо'lgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi. Huquqning asosiy vazifasi - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Huquq normasi umummajburiy tusga ega. Huquq normasi huquq tizimidagi ilk hujayra hisoblanadi. Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan. Ular birgalikda u yoki bu davlatning huquqiy tizimini tashkil etadi. Yuridik norma - huquqning birlamchi bosh elementi bо'lib, butun huquqiy tizimning о'zagini tashkil qiluvchi tushunchadir. Huquqni shakllantirish va uni amalga oshirish, qonun chiqarish, barcha yuridik tushuncha va nazariyalar bevosita yohud bilvosita yuridik normalarga tayanadi. Yuridik norma (huquqiy norma) - davlat xokimiyat kо'rsatmasi kо'rinishida ifodalangan va ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi umummajburiy qoida. Huquqiy norma - bu ham meyoriy qoida, lekin belgilangan tarzda shakllantirilgan, ya'ni qonunchilikda ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Meyoriy huquqiy qoida huquqning elementidir. Ijtimoiy meyorlarning bircha sifatlariga ega bо'lgan holda yuridik normalar - ularning davlat bilan bevosita aloqadorligiga ham egadir. О'zida odamlarning xulq-atvoriga umumijtimoiy va davlat ta'siri xususiyatlarini jamlagan holda, alohida ifodalanish va huquqbuzarliklarda muxofaza etish shakliga ega bо'lgan yuridik normalar tartibga soluvchi imkoniyatlarga egadir. Huquq normasi qо'yidagi о'ziga xos belgilarga ega; Birinchidan, jamiyat, shaxs yoki ijtimoiy guruh uchun kadr qimmatli bо'lgan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni о'zida aks ettiradi. Bunda adolat va erkinlik g'oyalari bilan belgilanadigan normadagi ijtimoiy munosabatlar - birinchi galda idrok etish va qonuniy mustahkamlash predmeti bо'ladilar. Zararli, noxush ijtimoiy xulq atvor ham normalarda aks etadi, lekin о'z о'zidan emas, balki nizoli vaziyatlarni tartibga solish vositasi bilan aks etadi. Yuridik normalarda ijtimoiy vokelik, uning yо'nalishlari va rivojlanish istiqbollarini aks ettirishning murakkabligi, xatto nobop normalar qabul qilishga olib kelishi mumkin. Huquqda ijtimoiy voqelikni aks ettirish subyekti bо'lib davlat huquq ijodkor organlarining faoliyatini ilmiylik prinsiplariga har doim ham asoslanavermasligi hato normalar paydo bо'lishiga sabab bо'ladi. Huquqiy normalarda aks ettiriladigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi darajasi normaning qonunchilik iyerarxik pogonasida egallagan о'rnini belgilaydi. Eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yuridik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.64 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.64 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga