Huquq normasi tushunchasi

Huquq normasi tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Huquq normasi tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Huquq normasi Reja: Huquq tizimi tushunchasi Huquq tizimining tarkibiy tuzilishi Huquq normasi Tadqiqot mavzusining dolzarbligi shundaki, davlatimizning mustaqillikka erishuvi va O'zbekistonning o'z istiqlol hamda taraqqiyot yo'lini tanlashi mavjud ijtimoiy munosabatlar tizimida qator o'zgarishlarni joriy etdi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta'kidlaganlaridek: «Chuqur o'zgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Sobiq Ittifoqdagi Respublikalardan birinchi bo'lib prezidentlik boshqaruvini joriy etgan ham, keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni tubdan o'zgartirish va yangilash yo'liga o'tib olgan ham bizning Respublika bo'ldi». Bunday o'zgarishlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq va uning ichki tuzilishiga ta'siri natijalarini ilmiy-amaliy jihatdan izohlab berish huquqshunoslar oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Shuningdek, bugun mamlakatimizda mukammal qonunchilik mexanizmining shakllanganligi mavjud huquq tizimini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Shu boisdan ham qonunchilik tizimi va huquq tizimi huquqiy hodisalarini o'zaro aloqadorlikda o'rganish mavjud ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solish imkonini beruvchi muhim ilmiy yondashuv hisoblanadi. Konstitutsiyamiz muqaddimasida e'lon qilingan pirovard maqsadimiz bo'lmish fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlatni barpo etish jarayoni ketayotgan bir paytda ushbu tadqiqot ishining dolzarbligi yana bir karra ortadi. Prezidentimiz e'tirof etganlaridayek, «Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va mas'uliyat ustuvor bo'lmasa, qonunlar va an'analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur qilib bo'lmaydi». Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Tadqiqot mavzusi hozirgacha quyidagi yo'nalishlarda o'rganilgan: Huquq tizimidagi turli o'zgarishlar joriy qonunchilik tahlili asosida Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ilmiy mushtaraklikda hamda yaxlitlikda o'rganilib, mavzuning ayrim qirralari ilmiy-amaliy umumlashtirilgan. Prezidentimiz o'z ilmiy asarlarida yangi huquq tizimini shakllantirish zarurligi, ushbu faoliyat yo'nalishlari kabi masalalar bilan bog'liq ba'zi bir rahbariy fikrlarni bildirganlar. Ikkinchi yo'nalishni o'quv qo'llanmalari, darsliklar, ilmiy tplamlar tashkil etadi. Mamlakatimizning taniqli huquqshunoslari Sh.Z.O'razayev, M.M.Fayziyev, A.X.Saidov, Z.M.Islomov, H.T.Odilqoriyev, U.Tojixonov kabilar huquq tizimining mazmuni, uning tarkibiy tuzilishi, davlatimizning asosiy huquq sohalari haqidagi o'z qimmatli fikrlarini berib o'tganlar. MDH ichida esa ushbu mavzuni tadqiq etishda S.S.Alekseyev, V.S.Nersesyans, A.S.Vengerov, A.V.Malko, A.I.Bobo'lev, M.I.Baytin, D.YE.Petrov va boshqa huquqshunos olimlar sezilarli ilmiy ishlarni amalga oshirganlar. Shunday bo'lsa-da, huquq tizimining boshqa huquqiy hodisa va tushunchalar bilan o'zaro nisbati, huquq instituti va huquq sohasining umumiy masalalari yetarlicha o'rganilmagan. Uchinchi yo'nalish tarkibini ilmiy maqolalar hamda ma'ruzalar bilan bog'lash to'g'ri bo'ladi. Zero, ularda ushbu mavzuning ayrim qirralari uzluksiz ravishda keng ilmiy jamoatchilik tomonidan yoritib kelinmoqda. Biroq ushbu mavzu bo'yicha yaratilayogan ilmiy materiallar mavjudligiga qaramay, ularni nazariy metodologik umumlashtirish amalga oshirilmagan. Mazkur bitiruv-malakaviy ishi bu boradagi dastlabki qadamlardan biri bo'lib hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi huquq tizimini takomillashuvini, uning ichki mantiqiy birligini, tarkibiy qismlarining o'zaro mutanosibligini ta'minlash yuzasidan taklif va mulohazalarni bildirishdan iboratdir. Mazkur maqsad quyidagi vazifalarning hal etilishini talab etadi: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 122.87 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 122.87 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga