Huquq normasi

Huquq normasi

O'quvchilarga / Huquq
Huquq normasi - rasmi

Material tavsifi

Huquq normasi Reja: 1. huquq normasi tushunchasi 2. Huquq normasining tuzilishi 3. Huquq normasining turlari va ularning tasnifi 1. huquq normasi tushunchasi Huquq ijtimoiy munosabatlarga ta'sir etuvchi vosita sifatida doimo, muayyan xulq-atvor, xatti-harakat qoidasi sifatida o'zini namoyon etib, u tegishli hayotiy holatlarda huquq subyektlari tomonidan qayta-qayta qo'llanishga mo'ljall angandir. Huquq o'z ichki tuzilishiga ega. Yaxlit bir tizim sifatidagi huquq tizimi o'z ichiga huquq tarmoqlarini, huquq institutlarini oladi. Huquq tizimining eng kichik, birlamchi tarkibiy unsuri bo'lib, huquq normasi hisoblanadi. Agar huquqni, huquq tizimini bir bino deb qaraydigan bo'lsak, huquq normasi uning bir gashti sifatida yoki bir jonli organizmning eng kichik bir hujayrasi sifatida namoyon bo'ladi. Shu bois, unda huquqka xos bo'lgan muhim belgalar jamlangan bo'ladi. Huquq normasi hokimiyat tepasida turgan siyosiy kuchlarning amr-irodasini ifodalaydi; davlat tomonidan o'rnatilgan yoki sanksiyalangan bo'ladi; barcha huquq subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy; aks holda davlatning majburlov kuchi bilan ijrosi ta'minlanadi; normativ aktlarda va boshqa huquq manbalarida ifodalanadi. Ayni paytda, huquq normasiga yaxlit bir tizimning eng kichik bo'lakchasi sifatida o'ziga xos jihatlar ham tegishlidir. Aslida «norma» so'zi lotincha bo'lib, u o'zbekchada «qoida», «namuna» ma'nolarini anglatadi. Darhaqiqat, har bir norma o'zida biron-bir xatti-harakat, xulq-atvor qoddasini, muayyan yurish-turish modelini ifodalaydi. Masalan, O'zbe-kiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasiga binoan, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar, - bu huquqiy norma fuqarolarning amaldagi qonunchilikka nisbatan qanday xatti-harakat qilishi to'g'risidagi qoidalarni o'zida mustahkamlagan. Shunday qilib, huquq normasi - barcha huquq subyektlari uchun majburiy bo'lgan, davlat tomonidan o'rnatilgan va sanksiyalangan xatti-harakat qoidasi, xulq-atvor namunasi bo'lib, unda ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari mustahkamlanadi. Huquq normasida mustahkamlangan harakat, xulq-atvor qoidasida jamiyatning, xalq hayotining moddiy sharoitlari bylan belgalanadigan erki, manfaatlari ifodalanadi. Xuko'q normasi shaxslarning bir-biri bilan bo'ladigan o'zaro munosabatida qanday xatti-harakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, ya'ni qaysi harakatlarni sodir etish yoki etmaslik mumkin ekanligani ko'rsatadi. Shu ma'noda huquq normasi huquqiy xulq mezoni sifatida o'zini ko'rsatadi. Uning tartibga soluvchi vosita sifatidagi ahamiyati shunda ko'rinadiki, biron-bir huquq subyekti (xususan shaxs, organ, muassasa) o'z harakatida huquq normasida mustahkamlangan qoidaga rioya etadi yoki boshqa huquq subyektidan huquq normasida belgalangan tegashli xatti-harakatni sodir etishni talab qiladi, shuningdek, belgilangan qoidaning bajarilmaganligi huquqbuzuvchiga nisbatan ta'sir chorasining qo'llanishiga olib keladi. Huquq subyekti huquq normasida belgalangan xatti-harakat namunasiga rioya qilgan holatida, huquq normasi o'zini xatti-harakat o'lchovi, xatti-harakat doirasi va chegarasi sifatida namoyon etsa, unda belgalangan qoida buzilganda esa, u huquq subyektining harakatiga baho berish vositasi sifatida o'zini ko'rsatadi. Ma'lumki, huquqning tartibga soluvchilik roli katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 80.36 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 80.36 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga