Huquq prinsiplari va funksiyalari Reja: 1. Huquq prinsiplarining tushunchasi va mohiyati 2. huquq prinsiplarining tasnifi 3. Huquq funksiyalari tushunchasi va turlari HUQUQ PRINSIPLARI VA FUNKSIYALARI 1. Huquq prinsiplarining tushunchasi va mohiyati huquq prinsiplari, hech mubolagasiz, uning mohiyatini ifodalovchi asosiy mexanizmlardan birini, tag zamin o'zagi (sinch - umurtqasi)ni tashkil etadi. Ular butun huquqiy materiyani - g'oyalar, normalar va munosabatlarni qamrab olib, jami huquqiy hayotga muayyan mantiq, mazmun - mano, sobitqadamlik, ichki mutanosiblik hamda uygunlik bahsh etadi. Yanada teranroq ta'rif qiladigan bo'lsak, huquq prinsiplarida, bamisoli, huquq rivojining butun dunyoviy tajribasi, insoniyat ma'rifiy taraqqiyotining hosilasi o'zining mujassam ifodasini topadi. prinsiplar huquq shakllanishida yo'nalish beruvchi mo'ljal, mezon vazifasini o'taydi. Huquq prinsiplari huquqning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va harakatlanishining rahbariy g'oyasi, ibtido qoidasi, yetakchi mezoni sifatida maydonga chiqadi. Avvalo qonunda, huquqiy normalarda o'z tasdig'ini topadigan huquq prinsiplari jamiyatning butun siyosiy-huquqiy hayotiga, mamlakat ijtimoiy tizimiga to'laligacha singib ketadi. Ular nafaqat huquqning mohiyatini, balki uning mazmunini tavsiflaydi, nafaqat uning ichki tuzilishi, statik holatini, balki huquqni qo'llash jarayonini, huquq faoliyatining dinamikasini aks ettiradi. Huquq prinsiplari iormativ aktlarni tayyorlashning butun jarayoniga, ularni qabul qilish va chiqarishga, huquqiy talablarga rioya etish kafolatlari o'rnatilishiga nihoyatda katta ta'sir ko'rsatadi. Huquq prinsiplari o'ziga xos tayanch tuzilma (konstruksiya) bo'lib, unga nafaqat huquq normalari, institutlari yoki tarmoqlari, balki butun huquq tizimi asoslanadi. Mazkur rahbariy tamoyillar davlat idoralarining butun huquq ijodkorligi, huquqni qo'llash va huquqni muhofaza qilish faoliyati uchun yo'naltiruvchi mashal bo'lib xizmat qiladi. Ularga rioya etish darajasiga huquqiy tizimning baqamtiligi, barqarorligi va samaraliligi bevosita bog'liq. Huquq prinsiplari umummajburiy tusga ega bo'lganligi sababli ular turli huquq tarmoqdari va institutlari, normalari va huquqiy munosabatlar o'rtasidagi, obyektiv hamda subyektiv huquq o'rtasidagi ichki birlikni, uyg'unlikni va o'zaro aloqadorlikni ta'minlashga ko'maklashadi. O'z mohiyati, tabiati jihatidan huquq prinsiplari tasodifiy emas, balki jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimi tomonidan obyektiv tarzda belgilanadi. Bundan tashqari, ular mazmuniga mamlakatda mavjud davlat va huquq, xukmron siyosiy va davlat rejimi, jamiyat siyosiy tizimining qurilish hamda amal qilish tamoyillari o'z ta'sirini o'tkazadi1. Yuqoridagi fikr kundek ravshan, uni isbotlab o'tirishning hojati ham yo'q. Zero, aytaylik, feodal huquqning tuzilish va harakatlanish prinsiplari quldorchilik huquqi yoki hozirgi zamonaviy huquq prinsiplaridan tubdan farq qiladi. Shuningdek, rim huquqiga asoslangan bugungi kunimizdagi roman - german huquqining prinsiplari islom dini arkonlariga asoslangan musulmon huquqi prinsiplaridan farqlanishi barchaga ayondir. Huquq prinsiplari, odatda, bevosita qonun hujjatlarida (konstitutsiya va joriy qonunlarning muqaddimasida, moddalarida) mustahkamlanadi; bazan huquq normalarining mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida inson huquqdari va davlat suvereniteti g'oyalariga Sodiqlik prinsipi, xalqaro huquqning umum etirof etilgan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.69 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.69 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: doc