Huquq prinsiplari va uning ahamiyati Reja: 1. Kirish 2. Huquq prinsiplari tushunchasi va mohiyati. 3. Huquq prinsiplarining tasnifi 3.1 Umumhuquqiy prinsiplar 3.2 Sohalararo prinsiplar 3.3 Sohaviy prinsiplar 4. Umumhuquqiy prinsiplarning turlari 4.1 Adolatlilik 4.2 Demokratizm 4.3 Qonuniylik 4.4 Insonparvarlik 4.5 Fuqarolarning qonun oldida tengligi 4.6 Davlat va shaxsning o'zaro masulligi 5. Sohalararo prinsiplarning turlari 5.1 Oshkoralik 5.2 Aybsizlik prezumptsiyasi 5.3 Tortishuvchanlik 6. Sohaviy prinsiplarning turlari 6.1 Yer huquqidagi prinsiplar 6.2 Xo'jalik protsessual huquqidagi prinsiplar Xulosa Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy islohotlar mustahkam huquqiy zaminga tayangan va qatiy davlat - siyosiy ta'minlanish mexanizmlariga ega bo'lgan taqdirdagina samarali bo'lishi isbot talab qilmaydigan aksiomadir. Mustaqillik yillari mobaynida yurtimizda demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish yo'lida huquqiy jihatdan ko'pgina ishar qilindi. Respulika davlat idoralarining, shu jumladan, huquqiy muassasalarning izchil tizimi shakllantirilmoqda. Demokratik institutlarni hayotimizga olib kiruvchi va bozor munosabatlarini ma'rifiy shaklda joriy etishga imkon beruvchi qonunlar majmui yaratilmoqda. Hozirgi kunda yangi iqtisodiy munosabatlarni shakllantiruvchi, demokratik siyosiy tizim tarkibiy tuzilmalarini hamda fuqarolik jamiyati bo'g'inlarini vujudga keltiruvchi, inson huquqlari kafolatlari tizimini qaror toptiruvchi, bir so'z bilan aytganda, butun ijtimoiy-siyosiy hayotimizning huquqiy negizini barpo etadigan 300dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi o'tgan mustaqil rivojlanish davrimizdagi qonun chiqarish faoliyatining gul toji bo'ldi. Konstitutsiya yosh davlatimiz chinakam mustaqilligining buyuk ramzi, yangi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar dunyoga kelishining mustahkam poydevori bo'lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda O'zbeksitonda iqtisodiy, siyosiy va huquqiy sohalarda muhim o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Shu bois ijtimoiy munasobatlar xususiyati o'zgarmoqda. Ayni vaqtda mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar ham o'zgarib bormoqda. subyektlarning alohida manfaatlarini hisobgna olish ham qonunchilikda o'zining yangicha ifodasini topmoqda. Xususan, har qanday jamiyatda qonun chiqarishni takomillashtirishni ham qo'shib, huquqni qo'llash samaradorligi va sifatini yaxshilash, fuqarolarning, turli jamoat tashkilotlarining huquqiy faolliklarini kuchaytirish, umumiy huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqiy tarbiyani takomillashtirishni qamrab oluvchi huquqiy prinsiplarning ta'sirchanligini yuksak darajada ta'minlash vazifasi qo'yilishini alohida qayd etish joiz deb hisoblaymiz. Ushbu kurs ishi ham o'z navbatida huquq tizimidagi huquq prinsiplarini va ularni qo'llashda kelib chiqayotgan tushunmovchiliklarni hal qilishga, uning hozirgi davrdagi ahamiyatini o'rganishga va shu kabi bir qancha masalalarga qaratilgan bo'lib uni jamiyatimizdagi eng dolzarb muammo sifatida qarab, tanlandi. Kurs ishining ilmiy o'rganilganlik darajasi. Huquq prinsiplari va uning ahamiyatini o'rganish har bir huquqshunos tomonidan birgalikda olingan barcha yuridik vositalarning ijtimoiy munosabatlariga ta'sir ko'rsatishi, rivojini yaxshiroq tushunib olinishi muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Zero, huquq prinsipidagi yaxlitlik va o'zaro bog'liqlikning ahamiyati davlat va ijtimoiy hayotning, jamiyatning huquqiy asoslarini mustahkamlashda g'oyat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: doc