Huquq samaradorligi muammolari Reja: Huquq samaradorligi tushunchasi va uning mazmuni Hozirgi zamon sharoitida huquqning samaradorligini o'rganish uslublari Huquqiy tartibga solish mexanizmi samaradorligi masalalari O'zbekistonda qonunchilik samaradorligini oshirish muammolari Huquq samaradorligi tushunchasi va uning mazmuni Kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga kelgan huquq o'sha davrdan boshlab jamiyat hayotida pozitiv rol o'ynab kelmoqda. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish orqali unda barqarorlik va ijtimoiy adolat o'rnatishga xizmat qiladi. Huquqning o'z oldiga qo'ygan vazifalarni to'la uddalashi qator ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar harakatiga bog'liq ekanligi ma'lum. Shu bois ham huquqning samaradorligi muammosi bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi. Shu o'rinda huquqning samaradorligi tushunchasi nima, uni qanday belgilash mumkin, degan savollar ko'ndalang bo'ladi. Huquqning samaradorligi huquq harakatining natijasini anglatadi, huquqning jamiyatda mavjud bo'lgan ijtimoiy-huquqiy muammolarni hal eta olish qodiliyatini, layoqatni anglatadi. Huquq samaradorligi tushunchasi ilmiy adabiyotda «huquq normasining maqsadi bilan uning harakati o'rtasidagi nisbat» sifatida e'tirof etiladi. Har bir davlatda harakatda bo'lgan qonunchilik tizimining samaradorligi ushbu jamiyatda mavjud bo'lgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va axloqiy omillar bilan belgilanadigan vaziyatga bog'liq bo'ladi. Huquq samaradorligi keng va serqirrali tushuncha bo'lib, uning tarkibiy qismlari sirasiga quyidagilarni kirtish mumkin: -mavjud qonunchilikning sifat jihati; -huquq qo'llash faoliyatining samaradorligi; -huquq qo'llovchining huquqiy ongi darajasi; -aholining huquqiy onggi darajasi. Ta'kidlash joizki, sovet davri fanida huquqning samaradorligi masalasiga o'ziga xos yondashuv mavjud bo'lgan. Qonunchilik samaradorligi nazariyasi huquqga o'sha paytda keng tarqalgan «jamiyatni boshqarish vositasi» sifatida qarashga asoslangan. Ushbu nazariya ta'siri ostida yozilgan «Effektivnost pravovo'x norm» (M.:1980). nomli monografiyada huquqiy normalarning samaradorligi «bu normalar harakatining faktik natijasi bilan mazkur normalar qabul qilinishiga olib kelgan maqsadlar o'rtasidagi nisbat» sifatida e'tirof etilgan. Rossiyalik huquq professori V.V Lapayevaning fikricha, huquq samaradorligini bunday ta'riflash unchalik huquqiy ma'noga ega emas, chunki u samaradorlikni u yoki bu harakat maqsadi va natijasi o'rtasidagi nisbat sifatida talqin etadigan umumiy tushunchaga hech narsa qo'shmaydi. Mazkur tushunchaning huquqiy mazmuni huquqiy normalar maqsadi deganda nimani tushunish bilan bog'liq bo'ladi. Albatta huquq samaradorligini bunday tushunish o'sha davr xususiyatlari bilan izohlanadi va bugungi kundagi normativ-huquqiy tartibga solishning tipiga unchalik mos kelmaydi. Hozirgi zamon yondashuvida normativ-huquqiy tartibga solishning yangi tipiga ko'ra qonun yaratish turli ijtimoiy manfaatlarning muvofiqligi sifatida tushunishga asoslanib, bunda muayyan manfaatlarni amalga oshirish erkinligi boshqalarning erkinligiga daxl qilmasligi kerak. Shu munosabat bilan qonun yaratish mohiyatini belgilovchi huquqni tashkil etuvchi manfaatlarni aniqlash va hisobga olish muhim masaladir. Huquq tashkil etuvchi manfaat bu alohida shaxsning yoki muayyan bir ijtimoiy qatlamning u yoki bu manfaatlari bo'lmasdan, balki jamiyatda mavjud turli ijtimoiy qatlamlarning turlicha manfaatlarning oqilona uyg'unlashgan ifodasi modelidir. Bunday uyg'unlashgan manfaat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.12 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.12 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: doc