Reja: 1.Huquq shakli (manbai) tushunchasining mazmuni. 2.Huquq shakllari (manbaalari)ning turlari. 3.О'zbekiston Respublikasining huquq manbaalari. Huquq manbai tushunchasini bilish uchun falsafada asosiy о'rin egallagan va murakkab hisoblangan «shakl» kategoriyasi xususida qisman tuxtalish lozim. Uning egizak kategoriyasi sifatida boshqa falsafiy kategoriya, ya'ni obyektning umumiy tarkibiy qismi birligi sifatida namoyon bо'luvchi yaxlitlik, uning xususiyatlari, aloqalari, holati, rivojlanish jarayonlarini belgilovchi tomoni «mazmun» yuzaga chiqadi. Shakl tushunchasi bu yerda mazmunning mavjudligi, ifodalanishi va qayta tuzilishini bildiradi. Odatda, hodisani ichki va tashqi shakllarga ajratadilar. «Shakl» atamasining mazmunini ichki tuzilishi sifatida ishlatilsa, u tuzilish tushunchasi bilan bog'lanadi. Mazmun va shaklning nisbiy birligida, mazmun yaxlitlikning harakatchan, dinamik tomonini ifoda etsa, shakl predmetning muhim aloqalar tizimini kamrab oladi. Ba'zi hollarda, shakl bilan mazmun о'rtasidagi nomuvofiqlikning rivojlanishi eski shaklning barham topib, mazmun rivojlanishiga mos keluvchi yangi shaklning vujudga kelishi bilan tushuntiriladi. Huquqda shakl kategoriyasi ikki ma'noni bildiradi: ya'ni bir tomondan, huquqiy shaklni; ikkinchi tomondan, huquqning о'z shaklini qamrab oladi. 1. Huquqiy shakl - barcha huquqiy voqelikdir. Bu yerda iqtisodiy, siyosiy turmush va boshqa faktik munosabatlar bilan bilvosita bog'liq bо'lgan huquqiy hodisalar haqida sо'z yuritiladi. Shaklning huquqiy (yuridik) tushunchasi, huquqning (yoki har qanday huquqiy hodisaning) barcha ijtimoiy tuzilma, jarayon va munosabatlar bilan aloqasi ochilgandagina qо'llanadi. 2. Huquqning shakli bu huquqning alohida hodisa sifatidagi shakli bо'lib, u faqat huquqning mazmuni bilangina о'zaro bog'lanadi. Uning vazifasi huquq mazmunini tartibga solishdan iborat. Bundan tashqari huquq ijodkorlari huquqiy nazariyalar (doktrinalar) ta'siridan xoli emas: ularning u yoki bu darajada u yoki bu huquqiy (yuridik) ta'limotni yoqlab chiqishlariga tо'g'ri keladi; ular ushbu ta'limotga oid taklif va tavsiyalarni qabul qiladilar. Normativ shartnoma huquqiy ijodkor organlarning irodasini ifodalovchi ularning har biri uchun huquqiy majburiyat hisoblangan qо'shma huquqiy aktlardir. Ularda tomonlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan xoxishlari ifodalanib, о'z zimmalariga olingan majburiyatlarni bajarishga oid ixtiyoriy roziligi mustahkamlanadi. Ular konstitusiyaviy, fuqarolik, mehnat, ekologik huquqida keng tarqalgan. «Bitim» tushunchasi «shartnoma» tushunchasidan kengdir. Bitim bir shaxsning erkini ifodalaydi. Bitim deb, shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini belgilash, о'zgartirish yoki tо'xtatishga qaratilgan harakatlari tan olinadi. «Kontrakt», «bitim», «ahdlashuv» atamalari xususida tо'xtalsak, ularga «shartnoma» tushunchasining sinonimi sifatida karalishi mumkin. Shartnomani huquq manbai deb tan olish uchun, u yuridik normalarga ega bо'lishi kerak. Mehnat huquqi sohasida muhim о'rinni kollektiv (jamoa) shartnomalari egallab kelmoqda. Mehnat kodeksiga muvofiq, jamoa shartnomasi deganda korxona, muassasa tashkilotlarida rahbar bilan xizmatchi о'rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy aktlar tan olinadi. Shuni qayd etish kerakki, shartnoma huquqi xarakatchan va kengayib borayotgan erkin tadbirkorlik tizimining huquqiy poydevoridir. Huquqning asosiy shaklidan biri sifatida xalqaro ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.77 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.77 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: doc