Huquq tizimi bilan qonunchilik tizimining o'zaro aloqadorligi mazmun va shakl nisbati Reja: Huquq tizimi va qonunchilik tizimi Qonunchilik tizimining tarkibiy tuzilishi va tasniflanishi Konstitutsiyaviy qonunlar Huquq tizimi va qonunchilik tizimi Huquq tizimi va qonunchilik tizimi - bir-birlari bilan uzviy bog'liq va mustaqil kategoriyalar hisoblanadi. Ular shakl va mazmunning o'zaro nisbati sifatida namoyon bo'ladi. Huquq tizimi o'z tarkibiga ko'ra, huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan bog'liq ichki tuzilishini aks ettiradi. Qonunchilik tizimi esa huquqning manbalari yig'indisi sifatida uning tashqi shaklini namoyon qiladi. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi rivojlanishining tendensiyalarini tadqiq etish nafaqat nazariy, balki amaliy munosabatlar uchun ham dolzarb hisoblanadi. Bunday masalalarning ilmiy yechimi, avvalambor, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni ro'yxatga olish va tizimlashtirish, qolaversa, O'zbekiston Respublikasi qonunlarining majmuini yaratish uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish amaldagi huquq tizimiga qanchalik muvofiq kelsa, undan kutilayotgan natijalar shunchalik samarali bo'ladi. Qonunchilik tizimi bilan huquq tizimi bir-biriga yaqin tushunchalar bo'lsada, ushbu o'xshashlik nisbiy xarakterga egadir, chunki ularning o'rtasida bir qator jiddiy farqlar mavjud. Birinchidan, qonunchilik tizimi bilan huquq tizimi har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Bazi hollarda muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimini qamrab oluvchi huquq sohasi mavjud bo'lsada, qonunchilik sohasi hali yaratilmagan bo'ladi (masalan, moliya huquqi, ekologiya huquqi, qishloq xo'jalik huquqi va shu k.) Bunday huquq sohalarini tartibga soluvchi normalar turli huquqiy aktlarda o'z aksini topgan bo'lib, ularni qonunchilik tizimi holiga keltirish lozim bo'ladi. Yana shunday holat ham bo'ladiki, huquq sohasi bo'lmagani holda qonunchilik sohasi mavjud bo'ladi (masalan, bojxona kodeksi, soliq kodeksi, havo kodeksi va shu k.). Biroq, ushbu yo'nalishlarda hali mustaqil huquq sohalari shakllanib ulgurganicha yo'q. Shu bilan bir vaqtda, ham huquq sohasi, ham qonunchilik sohasi bir-biriga mos keladigan holatlar mavjud (masalan, jinoyat huquqi - Jinoyat kodeksi, fuqarolik huquqi - Fuqarolik kodeksi, mehnat huquqi - Mehnat kodeksi, ma'muriy huquq - ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks kabi huquq va qonunchilik sohalari). Ikkinchidan, qonunchilik tizimi o'zining hajmi jihatidan huquq tizimidan kengroq bo'ladi. Yani, qonunchilik tizimi mazmun-mohiyatiga ko'ra biron-bir huquq sohasiga kirmaydigan qoidalarni ham o'z ichiga qamrab olgan bo'lishi mumkin (normativ hujjatning chiqarilish sababi va maqsadini o'z ichiga olgan turli dasturlar, nizomlar, ko'rsatmalar va h.k. Masalan, 1993 yil 8 yanvarda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat o'tash to'g'risidagi vaqtinchalik Nizom, 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturi va boshq.). Uchinchidan, huquq tizimini tarmoqlarga va institutlarga bo'lish asosida huquqiy tartibga solishning predmeti va huquqiy tartibga solish 60 usuli yotadi. Qonunchilik tizimida esa, ijtimoiy hayotning muayyan sohalarini tartibga solish asosida nafaqat huquqiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.16 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.16 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: docx