K i r i sh Davlatimizning mustaqillikka erishuvi va O'zbekistonning o'z istiqlol hamda taraqqiyot yo'lini tanlashi mavjud ijtimoiy munosabatlar tizimida qator o'zgarishlarni joriy etdi. Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganlaridek: «Chuqur o'zgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Sobiq Ittifoqdagi Respublikalardan birinchi bo'lib prezidentlik boshqaruvini joriy etgan ham, keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni tubdan o'zgartirish va yangilash yo'liga o'tib olgan ham bizning Respublika bo'ldi». Bunday o'zgarishlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq va uning ichki tuzilishiga ta'siri natijalarini ilmiy-amaliy jihatdan izohlab berish huquqshunoslar oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Shuningdek, bugun mamlakatimizda mukammal qonunchilik mexanizmining shakllanganligi mavjud huquq tizimini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Shu boisdan ham qonunchilik tizimi va huquq tizimi huquqiy hodisalarini o'zaro aloqadorlikda o'rganish mavjud ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solishimkonini beruvchi muhim ilmiy yondashuv hisoblanadi. Konstitutsiyamiz muqaddimasida elon qilingan pirovard maqsadimiz bo'lmish fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlatni barpo etish jarayoni ketayotgan bir paytda ushbu tadqiqot ishining dolzarbligi yana bir karra ortadi. Prezidentimiz etirof etganlaridaek, «Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va mas'uliyat ustuvor bo'lmasa, qonunlar va an'analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur qilib bo'lmaydi». Kurs ishini yozishdan maqsad huquq tizimini takomillashuvini, uning ichki mantiqiy birligini, tarkibiy qismlarining o'zaro mutanosibligini ta'minlash yuzasidan taklif va mulohazalarni bildirishdan iboratdir. Mazkur maqsad quyidagi vazifalarning hal etilishini talab etadi: Huquq tizimi tushunchasini zamonaviy talqin etish; Huquq tizimi tushunchasini boshqa o'xshash huquqiy hodisa va tushunchalar bilan o'zaro nisbatini chuqur tadqiq etish; Huquq tizimi tarkibiy qismlarining har birini alohida va o'zaro aloqadorlikda ko'rib chiqish; Milliy huquq tizimida kechayotgan o'zgarishlarni tahlil etish. Kurs ishining nazariy-metodologik asosi bo'lib, huquq tizimi bilan bog'liq yaratilgan ilg'or ilmiy ta'limotlar, qarashlar, g'oyalar, huquqiy demokratik davlat barpo etish konsepsiyasi va boshqalar xizmat qiladi. Kurs ishining asosiy manbalari bo'lib, O'zbekiston Respublikasining qonunlari va qonunosti hujjatlari tizimidan iborat normativ-huquqiy hujjatlar hamda ilmiy adabiyotlar hisoblanadi. Kurs ishining tizimi kirish, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. I. BOB. Huquq tizimi tushunchasi va uning ifodalanishi . Inson zoti borki, biron-bir maqsadga intilib yashaydi. Buning uchun esa u boshqalar bilan munosabatga kirishib faoliyat yuritadi. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy aytganlaridek, kishilar o'zaro bir-birlariga yordam berishib, tinch-totuv yashashlari maqsadga muvofiqdir. Demak, atrofimizdagi ijtimoiy hayot aslida aynan kishilar o'rtasidagi vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tizimidani iboratdir. Ushbu tizim o'z doirasiga turfa xil munosabatlarni qamrab olgan murakkab jamlanmadir. Bunday murakkablik va turfa xillik ijtimoiy munosabatlar bilan o'zaro ta'sirli aloqada bo'lgan hodisalardan ham xuddi shunday mutanosiblikni talab etadi. Shunday ijtimoiy hodisalardan biri huquqdir. Huquq - davlat tomonidan belgilanadigan yoki ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
104.2 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
104.2 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: doc