-OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI YURISPRUDENSIYA: BIZNES HUQUQI 1-KURS Reja: 1. Huquq tizimi nima? 2. Amerika huquq tizimi qanday? 3. Fransiya huquq tizimi qanday? 4. Mamlakatimiz huquq tizimi qanday? 5. Umumiy solishtirma, tahlil va mulohaza. Huquqiy tizim nima? Huquqiy tizim deganda muayyan bir mamlakatda amalda bo'lgan obyektiv huquq tushuniladi. Boshqacha aytganda, muayyan mamlakatning huquqiy tizimi ushbu davlatning hududida amal qiladigan va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqdir. Bugungi kunda siyosiy xaritada 200 dan ortiq davlat mavjudligini e'tiborga oladigan bo'lsak, demak, shuncha huquqiy tizim shakllangan: «Huquqiy tizim» atamasi quyidagi uch ma'noda qo'llaniladi: - ijtimoiy-iqtisodiy ma'noda («huquqning ijtimoiy-iqtisodiy turi» ma'nosida); - biror mamlakatning huquqiy tizimi ma'nosida; - turli mamlakatlar huquqiy tizimlarining birligi ma'nosida. Huquqiy tizimlarning quyidagi turlarini ajratib ko'rsatish mumkin: roman-german (kontinental) huquq oilasi; umumiy (anglo-sakson) huquq oilasi; Skandinaviya mamlakatlarining huquqiy tizimlari; Lotin Amerikasi mamlakatlarining huquqiy tizimlari; Uzoq Sharq mamlakatlarining huquqiy tizimlari; diniy-an'anaviy huquq oilasi; sotsialistik huquq oilasi; aralash huquqiy tizimlar Har qanday davlat milliy huquqiy tizim bo'lishini taqozo etadi. Huquq tizimining quyidagi tarkibiy qismlari mavjud: huquq normasi; b) huquq instituti; c) huquq sohasi. Huquq normasi - davlat tomonidan o'rnatiladigan yoki ma'qullanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xulq atvor qoidasi. Huquq normasi - huquq tizimining eng asosiy, dastlabki tarkibiy qismi bo'lib, davlat joriy etgan, bajarilishi jamiyatning barcha a'zolari uchun majburiy bo'lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yurish-turish qoidasidir. Huquq normasi umumiy, ya'ni hammaga taalluqlidir. Unda subyektlarning huquq va majburiyatlari, rag'batlantirish yoki bajarmaganlik uchun ta'sir choralari belgilanadi. Huquq institutlari - bu o'zaro bog'liq bo'lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari guruhidir. Masalan, fuqarolik huquqi sohasida - mulk huquqi instituti, jinoyat huquqi sohasida - davlatga qarshi jinoyatlar instituti kabilar amal qiladi. Ushbu huquq institutlari o'zlari tegishli bo'lgan huquq sohasining ichki tarkibiy qismidir. O'z navbatida, yuqoridagi misolda birinchisi - mulkiy munosa batlarni, ikkinchisi davlatga qarshi jinoyat qilishdan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning mustaqil guruhini tashkil etadi. Bu sohadagi huquq institutlari birlashib, muayyan huquq sohasi sifatida namoyon bo'ladi. Huquq sohasi - bu ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi huquq normalari va huquq institutlarining yig'indisidir. Masalan, moliyaviy munosabatlar moliya huquq sohasi bilan, mehnat munosabatlari mehnat huquqi sohasi bilan, yer bilan bog'liq munosabatlar yer huquqi sohasi bilan tartibga solinadi va hokazo. Huquq sohasi - huquq tizimining asosiy qismi va mustaqil bo'g'ini. Har bir huquq sohasida tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning prinsip va qoidalari bayon etiladi. Huquq sohasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: Xususiy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.87 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.87 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: docx