Huquq tizimining tarkibiy tuzilishi

Huquq tizimining tarkibiy tuzilishi

O'quvchilarga / Huquq
Huquq tizimining tarkibiy tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Huquq tizimining tarkibiy tuzilishi Reja: Huquq normasi huquq tizimining dastlabki tarkibiy unsuri sifatida Huquq instituti va huquq sohasi Huquq normasi huquq tizimining dastlabki tarkibiy unsuri sifatida Huquq tizimi tushunchasini uning muayyan tarkibiy qismlardan ekanligi bilan izohlashga ushbu ishning ilk bobida imkon qadar harakat qilingan edi. Dastlab huquq tizimining tarkibiy qismlari o'zaro bog'liqlikda tadqiq etilgan bo'lsa, endilikda ularning har birini alohida-alohida tarzda ko'rib chiqish zarur bo'ladi. Bitiruv-malakaviy ishi mavzusining aniq nomlanishi ham aynan shuni talab etadi. Prof. S.S. Alekseyev butun huquqni, huquq tizimini qandaydir bir binoga, huquq normalarini esa uning g'isht bo'lakchalariga qiyoslaydi. Ushbu o'xshatishdan ham ko'rinib turibdiki, huquq normasi huquq tizimining eng kichik, birlamchi unsuridir. Huquq normasining yaxlit bir tizimning bo'lakchasi ekanligi unda, birinchidan, huquqqa xos bo'lgan muhim umumiy belgilar, ikkinchidan alohida o'ziga xos jihatlar jamlanganligini anglatadi. Huquq normasining birlamchi xususiyati shundaki, u huquq tuzilmasi ichida birinchi bo'lib, yaxlit huquqda bo'ladigan o'zgarishlarni o'zidan o'tkazadi. Norma so'zi lotinchadan olingan bo'lib, «qoida», »namuna» degan ma'nolarni anglatadi. Haqiqatan ham har bir norma o'zida biron-bir harakatni, yurish-turish qoidasini, modelini ifodalaydi. Huquq normasi - davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidalaridir. Huquq normasi - barcha huquq subyektlari uchun majburiy bo'lgan, davlat tomonidan o'rnatiladigan yoki sanksiyalanadigan xatti-harakat qoidasi, xulq-atvor namunasi bo'lib, unda ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari mustahkamlanadi. Muayyan bir huquq normasida mustahkamlangan yurish-turish qoidasida jamiyat, xalq hayotining moddiy sharoitlari bilan belgilanadigan xohish-irodasi, erki, manfaatlari ifodalanadi. Huquq normasi insonlarning bir-birlari bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarida qanday xatti-harakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, boshqacha qilib aytganda, qaysi harakatlarni sodir etish mumkinligi yoki mumkin emasligini ko'rsatadi. Shu ma'noda huquq normasi huquq tizimining huquqiy xulq-atvor mezoni sifatida namoyon bo'luvchi dastlabki tarkibiy unsuridir. Huquq normasi prof. Z. M. Islomovning yozishicha, quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: Huquq normasi jamiyat, davlat va shaxs uchun qadr-qimmatli bo'lgan, ahamiyatga molik bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni o'zida aks ettiradi. Bunda adolat va erkinlik g'oyalari bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlar huquq(qonun) yo'li bilan tartibga solish predmetiga aylanadi. Shuni aytib o'tish joizki, huquq normalarida ijtimoiy voqe'lik, uning yo'nalishlari va rivojlanish istiqbollarini ifodalashning o'ziga xosligi va murakkabligi e'tibor markazida bo'lmog'i darkor. Zero, ilmiylik tamoyilidan chekinish xato, nobop huquq normalarining qabul qilinishiga sabab bo'lishi mumkin. Huquq normalarida aks ettirilgan ijtimoiy munosabatlar muhimlik, dolzarblik darajasidan kelib chiqib, ularning huquq tizimida tutgan o'rnini belgilab beruvchi omil vazifasini o'taydi. Eng muhim munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari huquq tizimida yetakchi ahamiyatga ega bo'lib, yuridik jihatdan yuqori salohiyatli normativ-huquqiy hujjatlarda o'z ifodasini topadi. Huquq normasi - o'zi tartibga soladigan munosabatlarning modeli, namunasi sifatida. Modellashtirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 72.36 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 72.36 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga