Huquq tushunchasi va ta'rifi

Huquq tushunchasi va ta'rifi

O'quvchilarga / Huquq
Huquq tushunchasi va ta'rifi - rasmi

Material tavsifi

Huquq tushunchasi va ta'rifi Reja: 1. Huquq tushunchasi. 2. Huquqni tushunishning umumiy masalalari va ularning amaliy faoliyat uchun ahamiyati. 3. Huquq to'g'risidagi nazariyalar. 4. I.A. Karimov asarlarida huquq masalalarining rivojlantirilishi. Huquq tushunchasi va ta'rifi Ma'lumki, kishilik jamiyati insonlar tomonidan ishlab chiqilgan va rivojlantirilgan ma'lum bir axloq-odob normalari bilan bir qatorda qat'iy qilib o'rnatilgan va jamiyat barcha a'zolarining rioya etishi majburiy bo'lgan huquq normalari asosida o'z munosabatlarini tartibga soladi va shu asosda o'zining muayyan erkinliklarini va xohish-irodasini qonun darajasida ifodalaydi. Huquq keng ma'noli tushuncha bo'lib, o'zining bir qator xarakterli belgilari bilan axloqdan farq qilib turadi. Huquq vujudga kelish davriga ko'ra axloqdan yoshroq esada, qat'iylik xarakter kasb etishi bilan va jamiyatni tartibga solishda unga qaraganda yuksakroq ahamiyat kasb etadi. Chunki davr taraqqiyoti kishilarda ko'proq axloqqa emas, balki huquqqa suyanib ish ko'rish xissini tarbiyalab boraveradi. Bunga sabab jamiyatda tarkib topib borayotgan munosabatlarning nihoyatda xilma-xillashib borayotgani va bularni axloq normalari bilan tartibga solish kutilgan natijalar bermasligidir. Huquq ma'lum yuridik shakllar, ya'ni manbalar - qonun, farmon, qaror va huquqda namoyon bo'luvchi ijtimoiy xulq-atvor qoidalarining qat'iy ifodalangan tizimi bo'lib, unga rioya qilish yoki undan chetga chiqish huquqbuzarlik hisoblanib, davlat tomonidan ma'lum bir majburlov choralarining qo'llanishiga sabab bo'ladi. Lekin bu bilan jamiyat hayotining barcha sohalarini huquq qamrab olgan ekanda degan fikrga borish to'g'ri bo'lmaydi. Jamiyatimizda shunday bir jabhalar borki, ularni huquq bilan tartibga solib bo'lmaydi. Bunday hollarda axloq normalari tartibga solish funksiyasidan foydalanib, kishilar o'rtasidagi normal aloqalarning tiklanishida muhim o'rin tutadi. Insoniyat tarixida axloq va huquqning shakllanishi yoki paydo bo'lishida qadimiylik va vorisiylik tushunchalarini ham qaysidir ma'noda qabul qilish mumkin. axloq ham kishilik jamiyatining muayyan bir rivojlanish bosqichida kishilar o'rtasidagi munosabatlarning tashkil etilish usuli sifatida shakllangan. Biroq bu bilan uni aniq bir davrda paydo bo'lgan deyish to'g'ri bo'lmaydi. Insoniyat rivojlanishining jamoachilik bosqichida kishilar o'zlarining kundalik aloqalarida muayyan bir tartib-qoidalarga amal qila boshlaganlarki, bu kishilarga o'z hayotlarini osonroq tartibga solishga imkon bergan. Bu o'z navbatida axloq normalarining sekin-astalik bilan shakllana borishiga imkon yaratib beradi. Huquq esa daavlatchilik munosabatlari, boshqaruvning ma'lum bir ko'rinishdagi tizimi shakllangach ushbu davlatda hamma birdek amal qilishi lozim bo'lgan umumiy qoidalar sifatida shakllandi. Uning aynan davlatchilik munosabatlari shakllangandan so'nggina paydo bo'lishiga muayyan sabablar bor. Huquq, yuqorida ta'kidlaganimizdek, davlatning ma'lum bir chora-tadbirlari bilan ta'minlanadi va uning buzilishi davlat tomonidan ma'lum bir majburlov choralarning qo'llanishi bilan qo'riqlanadi. Huquq kishilarning amal qilishi lozim bo'lgan va o'zlari tomonidan ishlab chiqilgan tartib-qoidalari bo'lganligi, shuningdek, uning barcha kishilar tomonidan emas, balki ma'lum bir kishilar guruhi tomonidan alohida shakllarda yozilishi va sanksiyalanishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.24 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.24 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga