Huquq tushunchasi Company name Huquq tushunchasi Huquq normasi Huquq tizimi Reja: Huquq -- davlat tomonidan o'rnatilgan va u tomonidan himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bo'lgan xulq-atvor qoidalarining tizimi. Davlat paydo bo'lishi bilan bir vaqtda huquq ham paydo bo'ladi. Huquq dastlab axloqiy qarashlar, qadriyatlar negizida vujudga kelgan. Keyinchalik esa huquqiy davlat tomonidan o'rnatilgan yoki ma'qullangan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidalarining tizimiga aylangan. Obyektiv huquq - huquq normalarining yig'indisi. Huquq atamasi ikki obyektiv hamda subyektiv huquq ma'nosida qo'llaniladi. Subyektiv huquq esa ma'lum bir shaxs yoki guruhga tegishli bo'lgan huquq. Misol uchun kimnidir uy-joyga bo'lgan yoki biror-bir mulkka nisbatan bo'lgan huquqi. Subyektiv huquq obyektiv huquqsiz mavjud bo'lmaydi. Huquqning o'zi esa davlat bilan uzviy bog'liqdir. Ular bir-birisiz mavjud bo'lishi mumkin emas. Huquq quyidagi vazifalarni bajaradi: tartibga solish, qo'riqlash va tarbiyalash. Bu esa o'z navbatida huquq funksiyalarida namoyon bo'ladi. Kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchi qoidalar tizimi axloq hisoblanadi. O'zbekiston hududida ming yillar davomida shakllangan milliy axloq normalari milliy huquq tizimimizning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Huquq va axloq bir yo'nalishda harakat qiladi. Ba'zan huquq jamiyatning eskirgan axloq normalaridan xalos bo'lishiga ko'maklashadi . Shu bilan birga, huquq axloq (ezgulik va adolat tushunchalari) asosida shakllanadi. Ko'pincha, sud sha'n va qadr-qimmatni haqoratlash, qo'pollik va boshqa shu kabi tushunchalarni to'g'ri tushunish maqsadida axloq qoidalariga murojaat qiladi. Huquq normasi - bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementidir. Huquqiy normalar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzilishi bilan belgilanadigan, xalq irodasini ifodalovchi davlat tomonidan o'rnatilgan, bajarilishi jamiyatning barcha a'zolari uchun umummajburiy bo'lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalardir. Davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi - huquq normasi deyiladi. Huquq tizimi - bu jamiyatdagi mavjud huquq normalarining bir butun voqelik sifatida harakatlanishi, huquq normalari va sohalarini muayyan izchillikda, o'zaro uzviy aloqadoqlikda joylanishidir. Huquq normasining asosiy vazifasi - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdir. Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan. Huquqiy norma tuzilishiga ko'ra bir-biri bilan bog'liq bo'lgan quyidagi uch tarkibiy qism (element)dan: gipoteza, dispozitsiya, sanksiyalardan tashkil topishi mumkin. Har qanday jamiyatda shu jamiyat a'zolarining huquq va erkinliklarini ta'- minlash uchun ma'lum bir huquq tizimi zarur. Qaysi huquq normasini qaysi obyektga nisbatan ishlatish lozimligini aniqlashtirish uchun ularni turlarga ajratish lozim. Bu tizim turli-tuman, lekin o'zaro mustahkam aloqada bo'lgan huquq normalari yig'indisidan iborat bo'ladi. Huquq tizimi, avvalambor huquq tarmoqlari (sohalari) deb nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajratiladi. Konstitutsiyaviy huquq sohasi - bu huquq tarmog'i huquq tizimidagi eng asosiy huquq sohasidir. Chunki, unda huquqning bosh tamoyillari, davlatning hu- ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
849.26 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
849.26 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: pptx