Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda mahallaning o'rni

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda mahallaning o'rni

O'quvchilarga / Huquq
Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda mahallaning o'rni - rasmi

Material tavsifi

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda mahallaning o'rni Reja: Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda mahallaning o'rni Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda axborot texnologiyalarining roli Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda mahallaning o'rni Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida barcha sohalarda islohotlar, yangilanish va ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Takidlash joizki, bunday o'zgarishlar, avvalo, inson manfaatlarini ifoda etib, xalqimizning ming yillik ezgu qadriyat hamda an'analarini tiklash, rivojlantirishga, milliy g'urur, qadr-qimmatini, o'zlikni anglash tuyg'usini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda kechayotgan islohotlarning yana bir muhim jihati shundaki, istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq yurtboshimiz tashabbusi bilan «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili ilgari surildi. Bu jarayonda davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish va uning zimmasidagi vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o'tkazish pirovard maqsadga aylandi. Etirof etish joizki, mazkur tamoyilning hayotga tatbiq etilishi natijasida mahallalar faoliyati butunlay yangicha mazmun kasb etdi. O'zini o'zi boshqarishga xos ushbu noyob tizimning maqomi va huquqiy asoslari dastlab mamlakatimizning Bosh qomusi - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolar yig'inlari o'zini o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi» deb belgilab qo'yildi. Mustaqillik sharofati bilan «mahalla» o'zbek xalqining uzoq tarixga ega bo'lgan milliy qadriyati ekanligi keng namoyon bo'la boshladi. «Mahalla» arabcha so'z bo'lib, «joy», «o'rin», «makon» degan manolarni anglatadi. Tarixchi olim Narshaxiy «Buxoro tarixi» asarida bundan 1100 yil ilgari mahalla xalqning boshqaruv shakli ekanligini yozgan. O'rta asr mutafakkirlari Mahmud Qoshg'ariy «Devonu lug'otit turk», Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig» asarlarida mahalla haqida to'xtalib o'tganlar. Qadimda mahalla ijtimoiy, ma'muriy-hududiy birlik sifatida ham ishlatilgan. Ular jamoani jipslashtiruvchi tuzilma sifatida faoliyat ko'rsatgan. Mahalla asrlar osha rang-barang turmush tarzi, din, mafkura, turli g'oyalar qozonida qaynagan, hayot sinovlaridan o'tgan donishmand o'zbek xalqi uchun tayanch va suyanch bo'lgan bebaho qadriyatdir. U tarixning eng keskin davrlarida ham saqlanib qolib, kishilar ishonchini qozongan, sharqona jamoatchilik nuqtai nazarini ifoda etgan o'zini o'zi boshqarish tizimidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 2003 yil «Obod mahalla yili» deb elon qilindi. Bugun hayotimizni mahallasiz, shu maskanda istiqomat qilayotgan yaqin qo'shnilarsiz tasavvur qila olmaymiz. Chin insoniy fazilatlar sayqal topadigan mahallani tom manoda hamjihatlik maskani deyish mumkin. Birinchidan, Hayot mahalladan boshlanadi. Go'dak shu maskanda ulg'ayadi. Qo'shnilar bir-biriga sirdosh, odamlar quvonch-u tashvishi hal bo'ladigan, axloq-odobdan so'zlaydigan, mehr-oqibat tufayli ko'rkamlik kasb etayotgan maskanda yashash har bir inson uchun chinakam baxtdir. Mahalla xalqimizning tarixan shakllangan o'zaro hamjihatlik, birdamlik va mehr-oqibat timsoli, malum bir hududdagi aholini birlashtiradigan maskan, mo'jaz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.05 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.05 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga