Huquqdagi prezumptsiyalar va fiksiyalar Reja: Kirish 1.Huquq tarixidagi prezumptsiya va fiksiyalar 2.Huquqdagi prezumptsiya tushunchasi va turlari 3.Huquqdagi fiksiya tushunchasi va mazmuni 4.Huquqiy prezumptsiyaning bir ko'rinishi sifatida - Aybsizlik prezumptsiyasi Xulosa Adabiyotlar Kirish O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, huquqiy demokratik davlat barpo etish yo'lidan borishini elon qildi. Bu borada Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov shunday deydi: «Barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad bo'lib qolishi kerak. Shunday jamiyatgina O'zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an'analar va madaniyat qayta tiklanishini, shaxs sifatida insonning ma'naviy-axloqiy kamol topishini ta'minlashi mumkin O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qati nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir» Barchamizga malumki, jamiyat hayotida kishilar o'rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi ijtimoiy normalar tizimida huquq normalarining o'rni tobora ortib bormoqda. Huquq hozirgi kunda nafaqat davlat tomonidan o'rnatiladigan umummajburiy qoida, balki insonlarning asosiy ehtiyojlari va manfaatlarini ta'minlaydigan va kafolatlaydigan asosiy vosita hamdir. Shu nuqtai nazardan olganda huquqqa oid bo'lgan asosiy kategoriyalarni va tushunchalarni o'rganish va bilish nafaqat huquqshunoslik fakultetlari va o'quv yurtlarida taxsil olayotgan talabalar tomonidan o'zlashtirilishi, balki huquq deganda uni ko'proq subyektiv manoda tushunadigan oddiy fuqarolar uchun ham hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Bugungi kunda Respublikamizda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy demokratik davlatning eng muhim belgilari bo'lgan huquq ustuvorligini ta'minlash va yuksak darajadagi huquqiy ong va madaniyatga ega bo'lgan shaxslarni tabiyalash-bu islohotlarning o'zagini tashkil etmog'i lozim. O'zbekistonda mustaqillikka erishilgandan so'ng huquqshunoslik sohasida ko'plab izlanishlar olib borildi, jumladan sobiq ittifoq davrida huquq mohiyati va mazmuniga oid bo'lgan ilmiy-nazariy qarashlar tubdan o'zgardi va inson, jamiyat, davlat munosabatlarining hamohanglikdagi mavjud bo'lishiga oid yangicha yondashuvlar paydo bo'ldi. Yurisprudensiya sohasida huquq masalasini ko'plab o'zbek va rus olimlari tadqiq qilishdi va ilmiy faoliyatlarini davom ettirmoqdalar, o'zbek olimlari: yu.f.d., prof. Z.M.Islomov, yu.f.d., prof. H.B.Boboev, yu.f.d., prof. A.X.Saidov, yu.f.d., prof. A.A.Azizxo'jaev, yu.f.d., prof. M.M.Fayziev, yu.f.d., prof. X.T.Odlqoriev, yu.f.d., prof. U.Tadjixanov, yu.f.d., prof. S.M.Adilxo'jaeva, yu.f.n., dots. M.A.Axmedshaeva, yu.f.n., dots. N.S.Saburov, yu.f.n., dots.M. K. Najimov, yu.f.n., dots. M.A.Hamidova, yu.f.n., dots. F.P. Xayitboev, yu.f.n.O.O.Xusanboev, rus olimlari: yu.f.d., prof. Z.M.Chernilovskiy, yu.f.d., prof. I.Zaytsev, yu.f.d., prof. M.I.Baytin, yu.f.d., prof. V.N.Kudryavtsevlardir. Ammo, huquqdagi prezumtsiya va fiksiyalar masalasi alohida mavzu sifatida O'zbekistonda tadqiq etilmagan, shu sababli, men davlat va huquq nazariyasi fanida huquqdagi prezumtsiya va fiksiyalar tushunchasi, mohiyati va mazmuniga oid ma'lumotlarni imkon qadar o'rganib tahlil qilmoqchiman. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.15 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.15 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: docx