Huquqiy davlat tushsunchasi va ta'rifi

Huquqiy davlat tushsunchasi va ta'rifi

O'quvchilarga / Huquq
Huquqiy davlat tushsunchasi va ta'rifi - rasmi

Material tavsifi

Huquqiy davlat tushunchasi va ta'rifi Reja: Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to'g'risidagi qarashlarning shakllanishi Nodavlat notijorat tashkilotlarini himoya qilishning davlat kafolatlari va ularni qo'llab-quvvatlash masalalari. huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratining ahamiyati. huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga oid qarashlar. Huquqiy davlat tushunchasi va ta'rifi Bugun tom ma'noda tarixiy davrda yashayapmiz. Istiqlol barchamizga ozod va erkin yashash baxtini, dunyoning chinakam xayratiga sabab bo'lgan milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimizning yangicha yo'sinda shakllantirish imkonini berdi. Istiqlol yillarining dastlabki kunlaridanoq Prezidentimiz tomonidan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish bosh konsepsiyamiz ekanligi aytib o'tilgan edi. Bugungi kunda esa, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari degan g'oya jamiyat hayotining muhim yo'nalishlaridan biri qilib belgilandi. Yurtboshimiz ilgari surayotgan ushbu g'oya mamlakatimizning bugungi rivojlanish bosqichidagi eng muhim vazifalardan biri sifatida baholanmoqda. jahonning rivojlangan mamlakatlarida asosan fuqarolik jamiyatining institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etib kelmoqda. Ya'ni, kuchli davlat asta-sekinlik bilan o'zining funksiyalarini nodavlat notijorat tashkilotlari zimmasiga o'tkazib boradi. Kuchli jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy faolligi, siyosiy dunyoqarashi yuqori bo'ladi. huquqiy demokratik davlatlarda asosan kuchli jamiyat boshqaruvi, avvalo, fuqarolik jamiyati institutlari zimaasiga yuklatilgan. Bunda boshqaruvning amalga oshirilishida jamoatchiliknin bevosita ishtiroki kengayadi. O'zini o'zi boshqaradigan jamiyat kuchli nodavlat tuzilmalarga asoslanadi. Fuqarolik jamiyatini qurish strategiyasi Prezidentimiz tomonidan ilgari surildi va u ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib borilmoqda. Davlat zimmasida xavfsizlik, mudofaa, chegara, moliya-bank, kredit va shu kabi muhim vazifalar qoladi. Davlatning bugungi kundagi muhim vazifalari nodavlat notijorat tashkilotlar, o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa demokratik institutlarga o'tkazib boriladi. Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa tizimlari jamiyat boshqaruvini ta'minlaydigan alohida tizim sifatida rivojlanib boradi. Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning II chaqiriq IX sessiyasida O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari mavzusida qilgan ma'ruzasida davlatimiz oldida turgan beshinchi ustuvor yo'nalish sifatida fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo'lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o'rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu- kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir deb ta'kidlab o'tgan edilar. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to'g'risidagi qarashlarning shakllanishi Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to'g'risidagi qarashlar mustaqillikka erishgandan boshlab shakllana boshladi. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati to'g'risidagi, jumladan, demokratiya, huquqiy davlat, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati haqida g'oyalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida, ma'ruzalarida, nutqlarida asoslab berildi. hozirgi vaqtda Respublikamiz olimlari tomonidan bu borada tadqiqotlar, izlanishlar olib borilmoqda. Demokratiyaning asl mohiyati-inson qadr-qimmati, xurmati xamma ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.22 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.22 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga