Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanish tarixi va hozirgi zamon Reja: Fuqarolik jamiyati tushunchasi, asosiy belgilari. Huquqiy davlat g'oyasining shakllanishi. Huquqiy davlat belgilari. Hozirgi zamon davlatining ijtimoiy va huquqiy mohiyati. O'zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy davlat qurish Fuqarolik jamiyati tushunchasi va belgilari Ma'lumki huquqiy demokratik davlat barpo etish uchun fuqarolik jamiyati shakllangan bo'lishi kerak. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati o'zaro bog'liq, bir - birini taqozo etuvchi ijtimoiy hodisalardir. Shu munosabat bilan, avvalo fuqarolik jamiyatining tushunchasi, uning ayrim xususiyatlari haqida biroz fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. Fuqarolik jamiyati tushunchasi tarixi qadimgi davrga borib taqaladi, deyilsa, mubolag'a bo'lmaydi. Chunki davlat paydo bo'lganidan beri fozil insonlar adolatli, insonning kamoliga sharoit tug'diradigan, insonning haq-huquqlariga katta e'tibor beradigan jamiyat qurish haqida orzu qilib kelganlar. Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim fuqarolik jamiyati haqidagi ilk fikrlar shakllangan zamindir. XVI -XVII asrlarda fuqarolik jamiyati haqidagi fikrlar, g'oyalar o'sha davrning buyuk allomalari, olimlari bo'lmish N. Makiavelli, G.Grotsiy, T.Gobbs, Dj. Lokk, Sh. Monteskye, J.J.Russolar tomonidan rivojlantirilib, yangi mazmun kasb etgan. Fuqarolik jamiyati tushunchasi Gegelning mashhur ―Huquq falsafasi asarida batafsil ishlab chiqilgan. Gegelning aniqlashicha, davlat bu- umumiy manfaatlar sohasi, fuqarolik jamiyati esa xususiy manfaatlar sohasidir. Ma'lumki fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va g'oyaviy-ma'naviy asoslari g'arbiy Yevropada taxminan XV -XVI asrlarda, ya'ni kechki o'rta asrlar davrida shakllangan. Bunga zamin bo'lib, tabaqaviy feodal jamiyatiga qarshi kurash hisoblanadi, shuningdek, burjua inqiloblari ham bu masalaga o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazgan. Fuqarolik jamiyatining biron-bir davlatda shakllanganligi masalasida ilmiy adabiyotda unchalik aniqlik yo'q, olimlarning fikricha, aslida, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va taraqqiyoti o'z ichiga bir necha asrlarni olgan va hozirgi kunda ―mana shu davlatda komil fuqarolik jamiyati shakllangan deb aytish ancha mushkul. Xuddi shuningdek, hozirgi kunda fuqarolik jamiyatiga aniq-tiniq, barcha e'tirof etadigan umumiy ta'rif berish ham mushkul, chunki bu hodisa, bir jihatdan juda murakkab, ikkinchi jihatdan esa, uning amaliyoti, hayotda ro'yobga chiqish jarayoni davom etayotibdi, demakki, bu ijtimoiy hodisaning yana yangi-yangi qirralari namoyon bo'laveradi. Professor X.Odilqoriyevning fuqarolik jamiyatiga ta'rifi ham e'tiborga molik: «Fuqarolik jamiyati -har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an'ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e'zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so'zsiz ta'minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nahorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma'naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyat.» Rossiyalik huquqshunos professor V.D. Perevalovning ta'rificha, «Fuqarolik jamiyati - bu konkret insonga o'z faoliyatini qaratadigan, huquqiy an'ana va qonunlarga, umuminsoniy ideallarga hurmat muhitini yaratadigan, ijod va tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta'minlaydigan, farovonlikka erishish va inson va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish imkonini beradigan, davlat faoliyatini chegaralash va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.66 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.66 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: doc