Huquqiy davlat va hokimiyatning bo'linishi tamoyili. O'zbek milliy davlatchiligining zamonaviy rivojlanishi

Huquqiy davlat va hokimiyatning bo'linishi tamoyili. O'zbek milliy davlatchiligining zamonaviy rivojlanishi

O'quvchilarga / Huquq
Huquqiy davlat va hokimiyatning bo'linishi tamoyili. O'zbek milliy davlatchiligining zamonaviy rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Huquqiy davlat va hokimiyatning bo'linishi tamoyili. O'zbek milliy davlatchiligining zamonaviy rivojlanishi R e j a: 1. Huquqiy davlat va hokimiyatning bo'linishi tamoyili. 2. O'zbek milliy davlatchiligining zamonaviy rivojlanishi. Huquqiy davlat-huquqning xukmronligi, qonunning ustunligi, barchaning qonun va sud oldida tengligi ta'minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo'linishi prinsipi asosida tashkil etiladigan demokratik davlat. Huquqiy davlatning belgilariga quyidagilar kiradi: 1. Huquqning xukmronligi. Davlat hududida bo'lgan barcha shaxslar-ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo'ysinadilar. 2. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo'lmasligi kerak. 3. Inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi, ularni himoya qilinishi. Davlat va fuqarolarning o'zaro muasuliyati. Davlat qonunlarida shaxs erkinligining me'yorini belgilab qo'yar ekan, xuddi shu chegaralarda o'zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo'yadi. 5. Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legitimligi). hokimiyat qonuniy deb etirof etilishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi shart: a)demokratik saylov yo'li bilan shakllanishi; b)jamiyatda barqarorlik va qatiy tartibni ta'minlashi; v)mamlakat ichkarisida ham xalqaro miqyosda tan olinishi. 6. hokimiyat vakolatlarining bo'linishi. Davlat hokimiyati bir qo'lda to'planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog'ini- qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo'yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o'z vakolati doirasida amal qiladi. 7. Sudning mustaqilligi. 8. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining samarali ishlashi. 9. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko'rsatkichi jamiyatda huquqiy ong darajasidir. 10. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi Huquqiy davlatlarda davlat boshqaruvi huquqning ustunligiga asoslanadi va shu bois nafaqat rasmiy organlar va mansabdor shaxslarning maqsadiga balki fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining huquqlari, erkinligi va manfaatlarini ta'minlash hamda kafolatlash zaruratini hisobga oluvchi huquqiy shakl va usullarga bog'liq bo'ladi. Huquqiy davlatlarga barcha iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy jarayonlar, shuningdek, kishilar orasidagi aralashuv begonadir. Huquqiy qadriyatlarning ustunligi, ularning ham aholi, ham davlat xizmatchilari orasidagi nufuziga etibor beradigan, o'z faoliyati davomida huquq bilan bog'liq bo'lgan hamda qonun talablari doirasida amal qilgan hlda inson huquq va erkinliklarining buzilishiga yo'l qo'ymaydigan davlatni chinakam huquqiy davlat deyish mumkin. O'zbekistonda davlat hokimiyatini faqat Konstitutsiya asosida, qonunlarda ko'zda tutilgan tartibda va ular asosida tuzilgan idoralardagina amalga oshiriladi. Davlat idoralari faqat qonunda ko'rsatilgan vakolatlari doirasidagina faoliyat ko'rsatadi. Davlat idoralarining Konstitutsiya va qonunga so'zsiz itoat etishi va shu asosda faoliyat ko'rsatishi huquqiy davlatning muhim belgisidir. hokimiyat davlat hokimiyatining keng tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, vakillar organi bo'lmish Oliy Majlis qonunlar chiqaradi. Ijro etuvchi hokimiyat - hukumat, Vazirlar Mahkamasi- qonunlarning ijrosini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.72 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.72 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga