Huquqiy davlat va yangi hokimiyat

Huquqiy davlat va yangi hokimiyat

O'quvchilarga / Huquq
Huquqiy davlat va yangi hokimiyat - rasmi

Material tavsifi

huquqiy davlat va yangi hokimiyat organlarini shakllantirish - siyosiy islohotlarning bosh yo'nalishi R e j a : huquqiy davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari. O'zbekistonda xuqukiy davlat qurishning nazariy jihatdanasoslanishi va uning hayotga tadbiq qilinishi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining barpo etilishi. Oliy Majlisning ko'p partiyaviylik asosida shakllanishi. mahalliy davlat hokimiyati organlari. Demokratik me'yor va tamoyillarni amalga oshirishning asosiy shakli huquqdir va u jamiyat hayotining barcha sohalarini tartibga soladigan qonunlar tizimida mujassam bo'ladi. Qonunlar butun hokimiyat organlari va boshqarmalarning, jamoat tashkilotlari va birlashmalarning vakolatlari, huquqlari va mas'uliyatlarini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini belgilab beradi. Faqat qonunlarga og'ishmay amal qilishgina jamiyatni xaddan tashqari o'zboshimchalik va anarxiyadan, byurokratik aynishlardan himoya qilishni, qo'ng'irok huquqi deb atalgan rahbarlik va avtoritarlikka qarama-qarshi turishi mumkin. Qonunlar Mustaqillik yillarida O'zbekistonda amalga oshiriliyotgan barcha tub o'zgarishlarni belgilab bermokda. huquq tushunchasi ham davlat tushunchasi kabi ko'p tomonlama murakkab xususiyatlarga ega. Fanda huquqning quyidagi turlari farqlanadi: - umumiy huquq, noyuridik, umumsotsiologik tushuncha bo'lib, umumlashgan huquqiy tasavvurlar tizimini va umuminsoniy fel-atvorning qaror topishini bildiradi va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda madaniylik mezoni bo'lib xizmat qiladi; - tabiiy huquq aniq yuridik tushuncha sifatida emas, balki inson tabiatining o'zidan kelib chiqadigan me'yorlar va tamoyillar majmui (yashash huquqi, nom olish huquqi va xk)dir; - diniy (akidaviy) huquq diniy qoidalar majmuini va ijtimoiy munosabatlarning bazi boshqa turlarini, jumladan, ayrim mamlakatlarda oila - nikoh munosabatlarini belgilaydi; - xalqaro huquq - davlatlararo munosabatlarda qabul qilingan qoida va me'yorlar majmui. Shuningdek huquqning ayrim boshqa turlari; - huquqiy davlat tushunchasi demokratik davlat tushunchasi bilan chambarchas bog'liq. U yuqorida sanab o'tilgan me'yorlar va tamoyillarning juda ko'pini o'z ichiga oladi shu bilan birga qator farqli belgilar va talablarga ham ega. Birinchidan, demokratik, huquqiy davlat kuch bilan, inqilob bilan emas, balki tabiiy-tarixiy, evolyutsiya yo'li bilan, huquq qadrining jamiyat tomonidan anglanishi, fuqarolar madaniyatining o'sishi orqali shakllanadi. Ikkinchidan, huquqiy davlat tushunchasi u yoki bu qonunlarning mavjudligini anglatmaydi. Qonunlar, huquq sifatida har bir davlatda mavjud va har qanday hokimiyat ulardan foydalanadi. Hamma gap o'sha qonunlarning qandayligida va ularning qanday bajarishidadir. Hozirgi zamondagi yuksak madaniy tafakkur nuqtai nazaridan qaraganda huquqiy davlat deb qonun chiqarish va qonunni bajarishda umuminsoniy huquqiy me'yorlarga tayanadigan va bunda albatta xalqning milliy, tarixiy, ma'naviy va madaniy xususiyatlarini, an'analarini so'zsiz, to'la hisobga oladigan davlatni aytish mumkin. huquqiy davlatda qonunchilik hech qanday mafkura ta'siriga berilmagan va unga bo'ysundirilmagan bo'ladi, faqat bitta sinfga yoki jamiyatning biron - bir qatlamigagina xizmat qilmaydi. Uchinchidan, huquqiy davlat barcha fuqarolar uchun, ularning ijtimoiy ahvolidan qatiy nazar, barcha mansabdor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.61 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.61 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga