Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari

Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari Reja: Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyati Fuqarolik jamiyatining tuzilishi va asosiy prinsiplari Huquqiy davlatning asosiy belgilari va xususiyatlari Huquqiy davlatning asosiy belgisi - barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta'minlanishidir. Huquqiy davlat - huquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta'minlanadigan, inson huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo'linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo'lgan barcha kishilar: ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyat idoralari barchasi huquqqa bo'ysunadilar; Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo'lmasligi kerak; Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish va ta'minlash. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug'ilganidan tegishli bo'lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, eng avvalo, insonning yashash, erkinlikka, daxlsizlikka, xavfsizlikka ega bo'lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari to'g'risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar; Davlat va fuqaroning o'zaro mas'uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining me'yorini belgilab qo'yar ekan, xuddi shu chegaralarda o'zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo'yadi; Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legitimligi). Hokimiyatni qonuniy e'tirof etish uchun quyidagi talablarga javob berilishi shart: hokimiyatning demokratik saylovlar yo'li bilan shakllantirilgan bo'lishi; hokimiyat samarali faoliyat yuritib jamiyatda barqarorlik va qat'iy tartibni ta'minlash; u ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olingan bo'lishi lozim; Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. Davlat hokimiyati bir qo'lda to'planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog'i - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo'yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o'z vakolati doirasida amal qiladi; Sudning mustaqilligi. Sud, davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog'i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo'l qo'yilmaydi; Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo'lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak. Ular bu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak; Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko'rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidadir. Huquqiy ong - huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig'indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilishda, huquqni hurmat qilishda, huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo'ladi; Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi. rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma'lum bir muxolafatning bo'lishi zarur. Huquqiy davlat etatik davlatdan prinsipial ravishda ajralib turadi. Mazkur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.4 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.4 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga