Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi

Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi

O'quvchilarga / Huquq
Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi - rasmi

Material tavsifi

Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi Har bir davlat o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lini tanlar ekan, eng muhim maqsad va vazifalarini belgilab oladi. Mamalakatimiz mustaqilligining ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyada ham xalqimizning xohish-irodasi, inson huquq va manfaatlari, davlat tuzilishi o'z irodasini topgan. Bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini qayd etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi. 1 Demokratik fuqarolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo'ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko'rsatuvchi shartlaridan biri-inson huquq va erkinliklarining qonunlarda to'liq belgilanishi hamda ularning ta'minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurishdan asosiy maqsad - ushbu davlatda yashovchi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to'la ta'minlashdan iboratdir.2 Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi ilk huquqiy qadam o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir. Keyin esa ikkinchi huquqiy qadam Prezidentlik institut ta'sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo'yicha komissiya tuzilishi bilan bog'liq. Mustaqillik deklaratsiyasining e'lon qilinishi bilan uchinchi huquqiy qadam qo'yildi. Keyingi qadam esa Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi. Oliy Kengash qarori bilan 1990-yil 21-iyun kuni O'z. Res Birinchi Prezidenti I.Karimov raisligida davlat arboblari, mutaxassislardan iborat komissiya tuzildi va shu komissiya tomonisan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlandi. Keyinchalik 1992-yil 8-sentabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasiga e'lon qilishga qaror qiladi va 26-sentabr kuni matbuotda chop etiladi. Takliflar ham inobatga olinib, ayrim o'zgartirishlar kiritilib, 21-noyabrda umumxalq muhokamasi uchun ikkinchi marta gazetalarda chop etiladi. Eng so'nggi o'ninchi qadam esa Konstitutsiya loyihasining qabul qilinishidir. Sohibqiron Amir Temur bobomiz Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo'qolad deb ta'kidlagan edi. Shundan kelib chiqqan holda, Konstitutsiya mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat barpo etishda hamda fuqarolik jamiyatini bunyod etishda bosh omil hisoblanadi. Har qanday demokratik islohotlar natijasi, mamlakatda tinchlik hamda taraqqiyotning bosh omili ham konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlanishi va shu orqali jamiyatda huquqiy demokratik davlatni barpo etish, qolaversa, fuqarolik jamiyati yaratish bilan bevosita bog'liq. 3 Konstitutsiya O'zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati, ya'ni xalqning o'zi bevosita boshqariladigan jamiyat va demokratik huquqiy davlat qurishni asosiy maqsad qilib qo'yadi. Unda «jamiki dunyoviy ne'matlar orasida eng ulug'i - inson» ekanligi yorqin mujassamlashtirilgan. Insonni ulug'lash, uni muhofaza qilish va har tomonlama kamol toptirish Konstitutsiyamizning asosiy g'oyasiga aylantirilgan. Zero, Konstitutsiyamizning eng katta va mu him qismi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlangan II bo'limidir. Har qanday demokratik islohotlar natijasi, mamlakatda tinchlik hamda taraqqiyotning bosh omili ham konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlanishi va shu orqali jamiyatda huquqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.11 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.11 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga