Huquqiy hatti - harakat tushunchasi, belgilari va turlari

Huquqiy hatti - harakat tushunchasi, belgilari va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Huquqiy hatti - harakat tushunchasi, belgilari va turlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Huquqiy hatti-harakat tushunchasi, belgilari va turlari 2. Huquqbuzarlik tushunchasi, belgilari va tarkibi. 3. Yuridik javobgarlik tushunchasi, prinsiplari va turlari. Huquqiy hatti-harakatlar - shaxs xatti-harakatining yuridik normalarga mos bо'lishi, ya'ni huquq normalari asosidagi xarakatdir. Bu qonunga mos, ijtimoiy xatti-harakat bо'lib, yuridik shakldagi qonuniy hatti-harakat ta'sirida huquq amalda bо'ladi. Huquqiy hatti-harakat doirasi va chegarasi huquqiy normalarining dispozitsiyasi bilan belgilanadi. Aynan u huquq tartibotning mohiyati hisoblanadi. Huquqiy hatti-harakat yо'li bilan jamiyat boshqariladi, uning meyoriy hayot faoliyati tartibga solinadi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari amalga oshiriladi. Jamiyatimizda vujudga keladigan va amalda bо'layotgan huquqiy munosabatlarning asosiy qismi о'z asosiga kо'ra, huquqiy hatti-harakatdan iboratdir. Shaxsning huquqiy xatti-harakati keyingi vaqtlardan boshlab ta'qiqot predmeti bо'lib qoldi. Bu muammoga ilgari kam ahamiyat berilib, olim va amaliyotchilarining asosiy e'tibori huquq buzilishiga qarshi kurashga qaratilgan edi. Huquqiy xatti-harakat juda keng ma'noga ega. U о'z xususiyatiga kо'ra, bir xil emas. Huquqiy hatti-harakatning uch turi mavjud. Birinchisi - faol huquqiy hatti-harakat. Bu fuqarolar, mansabdor shaxslarning kо'shimcha vaqtlari, imkoniyatlari, shuningdek, moddiy vositalaridan kelib chiqib, о'z tashabbuskorligiga tayangan huquqiy faoliyatidir. О'n yillar davomida sovet totalitar davlati shaxsning huquqiy faolligini faqat sо'zdagina qо'llab-quvvatladi. Amalda esa, haqiqiy faol fuqaro bunday davlatga kerak emas, davlat undan qо'rqardi. Shu bois shaxsdagi konformizm, mutaassiblik, loqaydlik kabi belgilar kо'proq hukmronlik qilgan. Hozirgi paytda bu mutlaqo maqsadga muvofiq emas. О'zini himoya qilish, turmush sharoitini yaxshilash erkinligini qonun doirasida ta'minlash, qonunlarni tayyorlash va qabul qilishga ta'sir kо'rsatish. davlat qiyofasida himoyaga ega bо'lish uchun shaxs iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va boshqa munosabatlarda faol bо'lishi shart. Shaxsning huquqiy faolligi - davr talabi. Huquqiy faollikning namoyish bо'lish shakllari turlicha. Bu sidqidildan faol xizmat qilish, partiya, jamoat uyushmalarining shakllanishi va ishida qatnashish, qonun loyihalari muhokamasida bevosita ishtirok qilish, davlatning turli tuzilmalarida hamkorlik qilish va shu kabilar. Ikkinchisi - odatdagi huquqiy hatti-harakat. U faollikdan farq qilgan holda, ortiqcha xarajat va harakat bilan bog'liq bо'lmaydi. Bu kishining doimiy hizmat va boshqa hayotiy faoliyatidan kelib chiqadi va u odatda huquqiy normalar talabiga mos keladi. Fuqarolar ushbu hatti-harakat doirasida о'zlarining yuridik ahamiyatga molik u yoki bu harakatlarini amalga oshiradilar. Lekin bu ularning faolligini huquqiy talab darajasidan oshirishga olib kelmaydi. Jamiyatda, davlatda, amalda, shaxsiy hayotiy faoliyatda u oddiy va zaruriy hol hisoblanadi. Aynan shunga muvofiq shaxsning moddiy va ma'naviy ehtiyoji qanoatlantiriladi. Uchinchisi - sust huquqiy hatti-harakat. Bu holat fuqaro о'ziga tegishli huquq va erkinliklardan kerakli maqsadda foydalanmagan paytda sodir bо'ladi. Masalan, fuqaro nikohdan о'tishda, mulkka egalik qilishda, saylovlarda ishtirok etishda sustkashlikka yо'l qо'yishi mumkin. Bunday paytda shaxs о'z manfaatini qanoatlantirish imkoniyatidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.92 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.92 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga