O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Toshkent Davlat Yuridik Instituti. Kafedra: Davlat va huquq nazariyasi KURS ISHI Mavzu: Huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari R E J A : KIRISh……3 ASOSIY QISM: 1 Huquqiy munosabatlar tushunchasi, asosiy belgilari va turlari…….5 2 Huquqiy munosabatlarning subyektlari…….…12 3 Huquqiy munosabatlaring obyektlari…….13 4 Huquqiy subyektlik tushunchasi va uning tarkibiy qismlari…….17 5 Subyektiv huquq va yuridik majburiyat tushunchasi……20 6 Yuridik fakt huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi manba sifatida…… 24 7 Huquqiy munosabatlarda yuridik tarkib tushunchasi va uning turlari……26 X U L O S A……27 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……28 KIRISh Men, kurs ishini yozishda mavzuimning «Davlat va huquq nazariyasi» fanida tutgan o'rni va boshqa yuridik fanlar bilan bog'liqligini e'tiborga oldim. Chunki bo'lajak huquqshunos uchun dastlabki yuridik fundamental bilimlar «Davlat va huquq nazariyasi» fanidan berila boshlanadi. Shuni hisobga olgan holda, har bir mavzuni puxta o'rganmog' lozim. Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiy dunyoqarash, ong hamda yuridik madaniyatni shakllantirish, jamiyatdagi davlat va fuqaro o'rtasidagi huquqiy munosabatlar xususidagi muntazam tizimli bilimlar berish bu fanning asosini tashkil etadi. Men kurs ishi mavzusini «Davlat va huquq nazariyasi» fanining dolzarb mavzularidan biri bo'lmish «Huquqiy munosabatlar» mavzusi haqida yozishga qaror qildim. Uning dolzarbligi shundaki - huquqiy munosabatlar bu bir tomonga subyektiv huquq va boshqa bir tomonga yuridik majburiyat yuklovchi ijtimoiy munosabatlarning alohida bir ko'rinishidir. Shunga asosan huquqiy munosabatlarni muntazam rivojlantirib boorish natijasida ularga beriladigan subyektiv huquq va majburiyatlarni huquq normalariga muvofiqlashtirishni ko'zda tutadi. Shu muvofiqlashtirishda yuzaga keluvchi muammolarni hal etish dolzarb vazifa. Bu muammolarni toppish va hal etish uchun ko'proq izlanish va o'rganish kerak. «Huquq ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib - intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi» dir.1 Respublikamiz mastaqillikka erishganidan so'ng jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish jahon andozalariga mos o'z milliy qadryatlariga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishga kirishdi. Shu munosabat bilan jamiyatda amal qilib kelayotgan huquqiy munosabatlarga ham o'zgartirish kiritish talab etilmoqda. Bugungi kunga kelib juda ko'p olimlar va fan nomzodlari jumladan: A.X.Saidov, U.Tojixonov, X.T.Odilqoriyev, Z.M.Islomov va rus olimlari S.S.Alekseev, A.B.Vengrov, V.V.Lazarev va boshqa bir qator olimlarning ilmiy asarlari va maqolalarida huquqiy munosabatlar masalasi o'rganib chiqilib nazariy jihatdan asoslab berilgan. Ushbu kurs ishini yozishda yuqorida nomlari ko'rsatilgan olimlar va fan nomzodlarining ilmiy asarlaridan, ularning izlanishlari natijasida vujudga kelgan maqolalar va monografiyalardan, va asrlar osha shakllanib kelayotgan boy huquqiy merosimizga ham izchil tayanilgan. Kurs ishini maqsadi va vazifalari mavzuimning mohiyati ilmiy yangiliklar, olingan natijalar va xulosalar-kirish, 6 qismdan iborat asosiy qism va xulosa qismlarida bayon qilingan. Bundan tashqari kurs ishining oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro'yhatini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
328.58 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
328.58 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: doc