Reja: 1. Huquqiy munosabatlar tushunchasi, belgilari va turlari. 2. Huquqiy munosabatlarning tarkibiy tuzilishi. 3. Yuridik fakt va uning о'ziga xos xususiyati. Huquqiy munosabatlar muammosi davlat va о'uquq nazariyasi fanining markaziy masalalaridan biridir. Huquqiy munosabatlar huquq bilan bog'liq bо'lgan huquq asosdagi munosabatlardir. Ular tabiiy huquq va majburiyatlar bilan birgalikda vujudga keladi, davlat paydo bо'lishi bilan esa ularning eng muhimlari qonun tusini oladi. Inson tabiatida, inson hayotida tabiiy huquqning shakllanishi, erkinlik qoidalari huquqiy munosabatlarning shakllanish jarayon bilan parallel shaklda, bir biriga bog'liq bо'lmagan holda boradi. Amaldagi qonun normalarida yuridik normalar va huquqiy munosabatlarning о'zaro bog'liqligi ancha kuchli. Shunday qilib huquqiy munosabatlar - davlat tomonidan himoya qilinadigan, odatda qonun normalarining kishilar xatti xarakatlariga ta'siri natijasida yuzaga keladigan va uning qatnashchilariga subyektiv huquqlar va yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Huquqiy munosabatlar quyidagi beshta belgilarga ega: Birinchi belgi. Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlar, ya'ni kishilar о'rtasidagi faoliyat, xatti-xarakatlar bilan bog'liq bо'lgan munosabatlardir. Bu odamlar bilan moddiy buyumlar о'rtasidagi aloqalar huquqiy munosabatlar emas. Biron narsaning egasi unga nisbatan huquqlar yig'indisiga ega, biroq bu xuquqlar boshqa kishilar bilan munosabatga kirishgandagina jonlanadi: mulkdor kimgadir narsani sotishi, sovg'a qilishi yoki foydalanib turishga berishi mumkin. Shu bilan birga, ulardan о'zining mulk huquqiga rioya etishlarini talab etadi. Ikkinchi belgi. Huquqiy munosabatlar amaldagi qonunchilikning kishilar xatti-xarakatiga ta'siri natijasida vujudga keladigan munosabatlardir. Huquq normasi va huquqiy munosabatо'rtasida jiddiy bog'liqlik mavjud. Yuridik normalarda kо'rsatilgan huquqiy munosabatlar hayotda vujudga keladi, ya'ni huquqiy munosabatlar qonuniy munosabatlardir. Qonun normalari bormi, demak huquqiy munosabatpaydo bо'ladi, normalar bо'lmasa, huquqiy munosabatlar ham bо'lmaydi. Uchinchi belgi. Huquqiy munosabatlar - kishilar о'rtasidagi subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalardir. Bu aloqalarning aloxida shakli, obyektiv huquq normalarida mustaxkamlangan huquq va majburiyatlar orqali namoyon bо'ladi. Subyektiv huquq egasi - shaxs, huquq majburiyat egasi, majburiyatli shaxsdir. huquqiy munosabatlarda vakolatli shaxsga majburiyatli shaxs, boshqa kishimi, tashkilotmi, davlat organi yoki davlatning о'zi bо'lishidan qat'iy nazar, qarama-qarshi turadi. Bu ma'noda huquqiy munosabatlar indivuallashtirilgan aloqalardir. Tо'rtinchi belgi. Huquqiy munosabatlar - ixtiyoriy munosabatlardir. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun huquq normalaridan tashqari, uning qatnashchilarining ham ixtiyori zarur. Shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning yuzaga kelishi uchun barcha qatnashchilarning ixtiyori zarur. Masalan, nikox о'qitish uchun ikki tomonning roziligi kerak, sotuvchi va xaridor kelishsagina oldi-sotdi bо'ladi va x.k. Yana shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning yuzaga kelishi uchun subyektlardan birining ixtiyori yetarli. Masalan, huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishining qо'zg'atilishi. Beshinchi belgi. Huquqiy munosabatlar davlat tomonidan himoya qilinadigan munosabatlardir. Davlat yuridik normalar talablarini bajarishni ta'minlagani holda shu normalar asosida yuzaga keluvchi munosabatlarni ximoya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.84 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.84 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: doc