Huquqiy ong Reja: 1. Huquq va huquqiy ongaing o'zaro bog'liqligi 2. Huquqiy ongning tuzilishi 3. Huquqiy ong - huquqni takomillashtirish va rivojlantirish omili HUQUQIY ONG 1 . Huquq va huquqiy ongaing o'zaro bog'liqligi Jamiyat hayotining olg'a qarab rivojlanishida huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turish yo'li bilan unga uyushqoqlik va tartib kiritadi. Huquqning qoidaga solish ta'siri o'ta ko'p qirralidir. YA'ni u, bir tomondan, mavjud ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlasa va barqarorlashtirsa, ikkinchi tomondan, hayotda endi tugilib kelayotgan yangi munosabatlarning rivojiga rag'batlantiruvchi ta'sir qiladi. Ijtimoiy hayot rivojiga to'sqinlik qiluvchi, jamiyatning olg'a borishiga xalaqit beruvchi, ya'ni jamiyat munosabatlari uchun noxush bo'lgan hodisalarning oldini olishda ham huquqning vazifasi kam emas. Huquq - ozodlik me'yorini belgilab yoki man etib, majburiyat yuklab va aniqlab, odamlarni aniq rivojlanish iziga solib, ularning fe'li-atvoriga faol ta'sir ko'rsatadi. Huquqning tartibga solish ta'siri, uning odam ongiga ta'-sirida yuzaga chiqadi. Huquqiy talablar ongda aks etib, shaxs tomonidan anglab yetiladi, tushuniladi va o'zlashtiriladi, insonning huquqqa munosabatini belgalovchi taassurot va ishonchning murakkab bilimlar birikmasiga aylanadi. Huquq, ijtimoiy hodisa sifatida, ongdan tashqarida mavjud bo'la olmaydi. U, haqiqiy voqelikning boshqa hamma hodisalari kabi, jamiyat ongada aks etib, nafaqat uning in'ikosiga, balki bilish quroli yoki usuliga aylanadi. Ushbu murakkab ruhiy sohada kechadigan ichki fikrlash jarayoni huquqiy haqiqatning ongdagi aksini tushunib yetish va huquq haqidagi bilimlarni shakllantirish bilan bog'langan. Huquq va ong o'rtasida vujudga keladigan uzilmas bog'liqlikni ko'zda tutib, avvalo huquqiy ong tushunchasini aniqlab olish lozim. Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir shaklidir. Demak, u yagona shakl emas. Hayotning sohalari g'oyatda xilma-xil va ularning har biri jamiyat ongida diniy, siyosiy, huquqiy, axloqyay va boshqa aniq shakllarda yuz beradi. O'rganadigan sohasining o'ziga xosligvdan kat'i nazar, ijtimoiy ongning har bir shakli boshqa shakllar bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Goho, ijtimoiy ongaing har xil shakllari o'rtasidagi o'zaro singib borish tarzi muayyan qiyinchiliklar tug'diradiki, natijada ularni ajratish oson bo'lmay qoladi. Hamma biladigan - «O'ldirma!», «O'g'irlama!» kabi diniy aqidalar o'zining yuqori axloqiy talabi bilan ajralib turadi. Ammo shu talablarning o'zi ijtimoiy ongaing axloq kabi shaklida ham ko'rinadi. Huquqda ko'zda tutilgan o'g'irlik, jamoat mulkini talon-toroj qilish yoki odam o'ldirish uchun jinoiy-huquqiy javobgarlik o'zining tabiati bilan o'sha axloqiy talabning gavdalanishi yoki timsoli emasmi? Yaxshilik va yomonlik hodisalarini tushunish, ko'rdingizki, jamiyat onganing har xil shakl va darajalarida va shunday dialektik o'zaro bog'liqlikda namoyon bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda ularning har biri ijtimoiy ongaing alohida sohasida huquq va huquqiy voqelikning xilma-xil hodisalari bilan uzviy bog'likdir. Ongning bu shaklini huquqsiz tasavvur qilib bo'lmaganidek, huquqni ham huquqiy ongsiz akdga sigdirib bo'lmaydi. Biri ikkinchisidan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.99 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.99 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: doc