Huquqiy statistikaning dinamik qatorlari Reja: Dinamik qatorlar tushunchasi va ularning turlari; Dinamik qatorlarni tahlil qilish; Dinamik qatorlarni tenglashtirish; Dinamika qatorlarida mavsumiylikni o'rganish usullari. 5.Kompleks statistik tahlil va uni yuridik statistikada qo'llanishi Dinamik qatorlar tushunchasi va ularning turlari. Sudlar, prokuratura organlari, Ichki ishlar, Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti, bojxona xizmati, advokatura, notariat va boshqa davlat va jamoa yuridik muassasalarda ko'p yillik jinoyatchilikning, sudlanganlikning, ma'muriy qonunbuzarchilikning, fuqarolik-huquqiy munozaralar, tug'ilish, nikoh, o'lim va boshqa yuridik ahamiyatli hodisalarning uzluksiz davlat va hujjatli hisobi o'tkazilmoqda. Bu bir necha o'n yillardan beri yig'ilib kelayotgan o'zgarishlarni kuzatishimizga imkoniyat tug'diradi. Ijtimoiy hodisa va jarayonlar doimo harakatda, o'zgarishda va rivojlanishda bo'lib, taraqqiyot esa oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eskidan yangiga qarab o'zgarib boradi. Ijtimoiy hodisalarning vaqt ichida o'zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta'riflovchi ko'rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi. Har qanday dinamika qatori ikkita unsurdan: xronologik momentlar (sanalar), davalar (yillar, oylar va hokazo) ro'yxatidan; o'rganilayotgan hodisaning soni, hajmi, miqdorini tavsiflovchi darajalardan tashkil topadi. Hodisalarning zamondagi o'zgarishining asosiy tendensiyasi statistik adabiyotlarda, ayniqsa xorijiy adabiyotlarda trend deb nomlanadi. Dinamik qatorlarning mutlaq ko'rsatkichlari bilan tanishib chiqish bilan o'rganilayotgan hodisalar trendining xarakteri kelib chiqadi. Ammo ko'p hollarda hodisalar rivojlanishi tendensiyasi va qonunchiligi turli dinamik qatorlarning shakllantirilishida va O'rtacha miqdorlarni ishlatish yo'li bilan vujudga keladi. Bunga misol keltiramiz. Mamlakatdagi 1966-1995 yillardagi jinoyatchilik dinamikasini tahlil qilib, Kriminologiya darsligining mualliflari to'rtta turdagi tarixiy davrlarning to'rtta tendensiyasini belgilaydilar (1966-1985, 1988-1990, 1991-1995 yillar). Bu davr davomida avval o'sib, keyin kamayib, keyin yana turli tempdagi o'sishlar bilan o'zgargan. Aslida vaqtinchalik va tasodifiy (tarix uchun) tebranishlardan chekinsak hech qanday to'rtta tendensiya bo'lmagan. Dinamik qatorlarni tahlil qilish. Dinamik qatorlarning ilmiy statistik tahlili o'rganilayotgan statistik hodisotlarining obyektiv xulosalarini olinishning garovidir. Dinamik qatorlar yoki vaqtinchalik qatorlar o'zida konkret statistik kattaliklarning sonli ko'rinishlarining vaqtdagi bir qismini aks etadi (oy, kvartal, 5 yil va h.k). Dinamik satrda ikkita ko'rsatkich mavjud bo'ladi: vaqt ko'rsatkichi (vaqt shkalasi) va satr darajasi (satr darajasining shkalasi). Dinamik qatorlar, qoida bo'yicha xronologik jadval va grafiklar ko'rinishida bo'ladi. Dinamik qatorlar umumiy ko'rsatkichlarining ko'rinishiga ko'ra mutlaq, nisbiy va o'rtacha miqdorlarga bo'linadi. Xarakteriga ko'ra dinamik qatorlar paytli va intervalli dinamik qatorlarga bo'linib, o'z navbatida, turli ko'rinishlarga ega bo'lishi mumkin: o'sish surati, ko'payish surati, koeffitsiyentlar, indekslar, o'rtacha kvadrat og'ish, dispersiyalar va hokazo. Paytli qatorlar yuridik ahamiyatga ega hodisotlarning ma'lum paytgacha bo'lgan vaqtining o'zgarish darajasini xarakterlaydi, masalan, oyning, yilning, kvartalning boshigacha yoki 1 yanvargacha, 30 iyungacha, 31 dekabrgacha va hokazo. Tipik paytli qatorlar yuridik statistikada - koloniyalar, turma, tergov izolyatorlaridagi mahbuslarning soni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.2 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.2 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: doc