huquqiy tarbiya tushunchasi Reja: huquqiy tarbiya metodika kursining ahamiyati. huquqiy tarbiya- umumiy tarbiyaning ajralmas qismi. huquqiy tarbiya tushunchasi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida xalqimizning asosiy maqsadlaridan biri insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo qilish deb ko'rsatilgan. huquqiy davlat qurish uchun esa shu davlat poydevorini yaratuvchilar huquqiy jihatdan bilimli, tarbiyali, ongli bo'lishlari kerak. qonun-qoidalarni biladigan, ularga rioya qiladigan, jamiyat ishlarini bajarishda madaniy saviyasi yuqori bo'lgan shaxslarni shakllantirish borasida huquqiy tarbiya alohida o'rin egallaydi. huquqiy tarbiya esa umumiy tarbiyaning ajralmas qismi bo'lib, insonni jamiyatda o'rnatilgan qonun-qoidalarga rioya etish, ularni hurmat qilishga chorlaydi. huquqiy tarbiyaga alohida etibor berib, yurtboshimiz I.A.Karimov, Iqtisodiy, siyosiy va eng avvalo huquqiy makonga tegishlicha bosqichma-bosqich ta'minlanib borilmas ekan, insonning barcha huquqlari- davlat ishlarini yuritishda qatnashishi, e'tiqod erkinligi, yig'ilishlar, uyushmalar erkinligi va shu kabi huquqlar havoda muallaq bo'lib qolaveradi, deb takidlashi bejiz emas. huquqiy davlatni barpo etishda qatnashuvchi shaxs: huquq va erkinliklarinigina bilib qolmasdan, demokratiyaning tub manosini anglashi lozim. Chunki demokratiya huquqiy davlatning tarkibiy qismidir. huquqiy davlat inson shaxsini eng oliy qadriyat sifatida etirof etishga va to'la-to'kis qabul qilishga asoslangan yaxlit amal qiluvchi tizimidir. Bu tizimni bilish, uning asoslariga rioya etishda, har bir shaxsning huquqiy savodxonligini oshirish - davr talabidir. huquqiy tarbiyaning dastlabki bosqichi aslida bog'chada, maktabda boshlanadi. Lekin tarbiya beruvchi shaxs uning metodini, yo'llarini bilmasa, to'g'ri tarbiya bera olmaydi. huquqiy tarbiya metodikasini tizimlashtirish va yanada takomillashtirish hozirda pedagoglar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. huquqiy tarbiyani keng va tor manoda ko'rish mumkin. Keng manoda butun jamoaning, ko'rchilikning ongiga ta'sir ko'rsatishga qaratilgan tarbiya, tor manoda esa alohida shaxsga, uning ongiga ta'sir etish yo'llari tushuniladi. huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki ayrim shaxs o'z xatti-harakatining qonuniy ekanligini tushunsa, huquqiy tartibotni buzmaslikka harakat qilsa, o'zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo'lib hisoblanadi. Demak, huquqiy tarbiya bu - tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko'zlagan va shaxsga (guruh, shaxslarga) ta'sir qiladigan, ularga huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya etish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir. Malumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. huquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga, nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunga rioya etish yo'llari nimadan iborat ekanligi etkazmoq lozim. Tartib buzuvchilar orasida o'z xatti-harakatini noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham o'ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko'p uchraydi. Shunday tushuncha hosil bo'lmasligi uchun tarbiya jarayonida har bir jamoada o'rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, ma'muriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.84 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.84 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: doc