Huquqiy targ'ibot shakllari Reja: Prokuratura organlarida qonunlarni mujassamlashtirish. Prokuratura organlarida ariza, shikoyat va (taklif)murojaatlari bo'yicha ishlashning mazmuni va ahamiyati. Prokuratura organlarida shikoyatlarni ko'rish va hal qilish Huquqiy targ'ibot shakllariga quyidagilar kiradi: Qonunlar ijrosini nazorat qilish borasida aniqlangan qonunbuzilishlarini bartaraf etish, kelgusida shu kabi qonunbuzilishlari kelib chiqmasligi uchun tegishli chora tadbirlar belgilash uchun taqdimnoma kiritish; ushbu kiritilgan taqdimnomalarni joylarda muhokama etish chog'ida, majlislar, yig'ilishlar va boshqa shunga o'xshash tadbirlarda qatnashish; televideniye orqali huquq targ'ibotini olib borish; Radio orqali huquq targ'ibotini amalga oshirish; Matbuot orqali huquqiy targ'ibot ishlarini amalga oshirish; Sud minbarlaridan turib, huquqiy targ'ibot ishlarini amalga oshirish; Mahallar fuqarolar yig'inlari, qishloq fuqarolar yig'inlari, xalq deputatlarining tegishli hududiy majlislarida qatnashish orqali huquqiy targ'ibot ishlarini olib borish kabi shakllari mavjud. Huquqiy targ'ibotning boshqa shakllari ham bo'lishi mumkin: Masalan, maktablar, litseylar, o'rta va oliy o'quv yurtlarida huquqiy targ'ibotni amalga oshirish uchun turli xil tadbirlar-o'yinlar, musobaqalardan foydalanish; Namunaviy sayyor sud majlislarini maktablar, litseylar, o'rta va oliy o'quv yurtlarida amalga oshirilishi; Hozirgi kunda internet tarmoqlari orqali, kompyuter mahsulotlarining tarqatmalari tarzida ham amalga oshirilishi; Qonunchilik targ'iboti faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida 3 nafar xodimdan iborat Qonunchilik targ'iboti bo'limi mavjud. Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokuraturasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokuraturalarida Qonunchilik targ'iboti bo'yicha prokurorning katta yordamchisi mavjud. Tuman(shahar) prokuraturalarida bu vazifani amalga oshirilishini tuman(shahar) prokurori ichki mehnat taqsimoti bo'yicha o'z buyrug'i bilan belgilab qo'yadi. Odatda, joriy va istiqbolli rejada prokurorlar va prokuratura xodimlari bu vazifani amalga oshirish bo'yicha o'z oldilariga majburiyat olib, o'z ish rejalariga kiritib qo'yadilar. Har bir xodim yilning aniq bir oyida aynan qaysi qonunchilik targ'iboti bo'yicha faoliyat ko'rsatishi ilgaridan belgilab olinadi. Sodir qilingan jinoyatlar bo'yicha ularni oldini olish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalarning muhokamasi, sud muhokamalaridagi sud muzoqarasi chog'idagi sud minbaridan foydalanish va yangi qabul qilingan qonunlarning tushuntirish ishlari rejadan tashqari amalga oshiriladi. Prokuratura organlarida qonunlarni mujassamlashtirish. Prokuratura organlarida qonunlarni mujassamlashtirish ishini ham yuqorida takidlangan tartibda huquqiy targ'ibot faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Qonunlarni mujassamlashtirish ishida bevosita prokurorning o'zi masul hisoblanadi. Chunki, amaldagi qonunlarning aniq va bir hilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura xodimlari har kungi qabul qilinayotgan qonunlarni yaxshi o'zlashtirgan bo'lishlari, kiritilayotgan har bir o'zgartish va qo'shimchalarni doimiy ravishda o'zlashtirish borishlari va joriy qilib borishlari zarur. Buning uchun har doim prokuratura idoralarida doimiy ravishda nazorat kodekslari(kontrolniy), nazorat qonunlari joriy qilingan. Hozirgi kunda, hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan Qaror va Farmoyishlar, Prezidentimiz Farmonlari, yangi Qonunlarni o'z vaqtida joriy qilish yuzasidan prokuratura idoralari Norma huquqiy kompyuter to'plamlaridan hamda ww.Lex.o'z Internet tarmog'i dasturlaridan ham foydalanishmoqda. Prokuratura ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.29 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.29 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: doc