Huquqiy xulq tushunchasi va asosiy turlari

Huquqiy xulq tushunchasi va asosiy turlari

O'quvchilarga / Huquq
Huquqiy xulq tushunchasi va asosiy turlari - rasmi

Material tavsifi

Adolat barcha fazilatlar ichida Eng oliy fazilatdir. Tsitsiron. KIRISh. Yurtboshimiz I.A.Karimov «Barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligi va qoknun ustuvorligini, jamiyat manfatlari va aholii xavfsizligining muhofazasini kafolatlovchi huquqiy davlatni barpo etish» darkor,deb takidlaganidek, hozirgi vaqtda chop etilayotgan xar bir monografiya, darslik aholimizni, ayniqsa yosh avlodning huquqiy, ma'naviy,ma'rifiy bilimini oshirish, ularni xar tomonlama barkamol inson bo'lib etishishi uchun malum darajada o'z hissasini qo'shmoqda. Bu esa o'z navbatida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy xulq- atvori, yuridik salohiyatining oshishi huquqbuzarlik holatlarinig yuz berishiga yo'l qo'ymaydi. Yuridik adabiyotlarda huquqiy xulq-atvor - ijtimoiy foydali,jamiyat va davlat tomonidan ijobiy baholanadigan zarur va istalgan xulk sifatida xarakterlanadi. Yozayotgan kurs ishimda quyidagi mavzularni yoritmoqchiman; huquqiy xulq-atvor,uning asoslari, shakllari, faol huquqiy xulq-atvor, odatdagi huquqiy xulq-atvor, sust huquqiy xulq-atvor obyektlar, subyektlarni yoritmoqchiman. Xuqubuzarlik mavzusida; huquqbuzarlikning o'zi nimaligini, uningasosiy belgilarini, huquqbuzarlikning obyektlari, subyektlarini, qasd, extiyotsizlik, jinoyat, nojuya ish kabi masalalarni yoritib utaman. Yuridik javobgarlik mavzusida esa -- javobgarlikning turlari haqida, uning belgilari, yuridik javobgarlikning turlari haqida, yani jinoiy-huquqiy javobgarlik, Fuqaroviy huquqiy javobgarlik, ma'muriy huquqiy javobgarlik, Intizomiy-huquqiy javobgarlik belgilarini, qonuniylik, adolatparvarlik, huquq buzilgan taqdirda javobgarlikning muqarrarligi, indivudiallik kabi masalalarni yoritb o'tamn. Bu mavzularni yoritishda ushbu mavzularga doir chizmalar, mavzuga doir savollar, atamalarni ham qayd etib o'taman. Mustaqil ishimdagi mavzular bir biri bilan uzviy bog'liq. Bular bir birini to'ldiradi va yuksaltiradi. Chunki huquiy xulq-atvori yuksak inson hech qachon huquqyuuzarlikni keltirib chiqarmaydi. Bu esa jamiyatda tinchlik, osishtalikning saqlanishiga asos bo'ladi. O'z huquqini bilgan shaxslar,hoh u jismoniyshaxs bo'lsin, hoh yuridik shaxs bo'lsin beayb javobgarlikka tortilgan hollarda aybsizligini isbotlashi mumkin. Bu esa jamiyatda fuqarolarning o'z o'rnini topishlariga imkon beradi. Lekin har qanday hollarda,yani,huquq buzilgan taqdirda,jinoyat sodir etigan taqdirda javobgarlikka tortilishi shartdir. Jinoyat sodir etilgan xollarda O'zbekistonda Jinoyat Kodeksiga asosan javobgarlikka tortiladi. Huquq- ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib,rivojlantirib va qo'riklab turuvchi muhim vosita. Shu bilan birga, bu munosabatlarning o'z jamiyatida kishilarning xulkii, yurish turishlari va hayotiy faoliyatining maxsulidir. Shunday ekan, huquq ijtimoiy munosabatalarni taritbga solish vositasi sifatida kishilarning harakatlaridan kelib chikadigan munosabatlarga ta'sir qiladi. Jamiyatdagi kishilarning xulki turli xil shakllardan iborat bo'lib, uni ifodalanishiga, samaradorligiga, motivlariga, maqsadlari va oqibatlariga karab turlarga ajratish mumkin. Shu bilan birga, xulkning barcha ko'rinishlari jamiyatning tizimida malum manfaatlarini, yo'nalishlarni g'oyaviy tmonlarni belgilaydi. Ayni shuning uchun xam, xar qanday xulk - atvor, axloq huquqiy baholashning obyekti bo'lib yuzaga chikadi. Huquq nuqtai nazaridan kishining xulki har xil baholanishi mumkin. Kishilarning ayrim munosabatlari huquqiy tartibga solishning doirasidan tashqarida bo'lishi mumkin, shuning uchun xam bunday munosabatlar huquq bilan baholanmaydi va tartibga solinmaydi ular, fakat axloqiy jihatdan baholanadi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.75 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.75 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga