Huquqni himoya qilish shakllari Reja: 1. Huquqni himoya qilish va o'zini o'zi himoya qilish tushunchasi. 2. Huquqni davlat tomonidan himoya qilinishi. 3. Legisaksion protsess. 4. Formulyar protsess. 5. Ekstraordinar protsess. 6. Interdikt ishlarni olib borish. 7. Huquqni himoya qilish va amalga oshirishda vaqtning ta'siri. 8. Davo muddati tushunchasi va turlari. Qadimgi Rim davlatining huquqiy normalari boshqa shaxslar tomonidan buzilgan huquqlarni tiklash, yani huquqi buzilishidan oldingi bo'lgan dastlabki holatiga qaytarishga katta etiborni qaratgan. Rim halqi boshqa halqlar kabi buzilgan huquqlarning davlat organlari orqali, ayniqsa davlat sudining vujudga kelishiga qadar, huquq buzilishlaridan o'z-o'zini himoya qilish instituti orqali himoya qilganlar. Ular o'z huquqlarining buzilganligini bilishgandan so'ng, eng avvalo, huquqiy munosabat ishtirokchisi o'z kuchi, ilmiy, aqliga suyangan holda hamda boshqa xususiyatlaridan foydalanib, o'zini o'zi himoya qilishga kirishgan. Jamiyat taraqqiyotining yanada yuqori bosqichiga qadam qo'yishi bilan o'zini o'zi himoya qilish instituti, yani individual asosida, yovvoyilik, varvarlik usulidagi kurashlar, qarshilik ko'rsatishlar o'z mohiyatini yo'qotib bordi. Uni o'rniga intizomlilik asosida, davlat tomonidan buzilgan huquqlarni himoya qilish munosabatlari kelib chiqdi, lekin bu munosabatlarning to'liq kuchga kirganiga qadar, baribir rivojlangan Rim huquqi asosida ham o'zini o'zi himoya qilish intstituti mavjud bo'lib qoldi. Bu institut asosidagi harakat faqat manfaatdor bo'lgan shaxslar tomonidan o'z foydalariga favqulodda holatlardagina qo'llanishi lozim bo'lgan harakatlarni anglatsa, o'zini-o'zi tomonidan himoya qilish birdaniga tortib olingan mulkni egasiga qaytarilishidek, tez orada bajariladigan munosabatlardan iborat bo'lgan. Bu munosabatlar buzilgan huquqni tiklash, uning boshqa sodir etilmasligini ta'minlash va sodir etilgan holatlarni yo'qqa chiqarish, sodir etadigan harakatlarning oldini olish masalalaridan iborat bo'lgan. Bu mavzuni o'rganishda Rim davlatidagi mavjud bo'lgan sud protsess bosqichlari, davo tushunchasi va turlariga katta etibor berish lozim. Rim huquqida davolar sistemasi yuqori darajada takomillashtirilib, tajribaviy misollar bilan boyitilgan institutlardan biri bo'lib hisoblanadi. Rim huquqi davolar (aktsio) sistemasidan tashkil topgan, chunki huquqi buzilgan shaxslar o'z huquqlarini himoya qilishni davolar orqali amalga oshirgan. Mavzuni yoritishda ashyoviy davolar (aksiones in rem) va shaxsiy davolar (aksiones in personam) davolarning mulk huquqi egasining erki, manfaatini ifodalash va mulk egasining huquqlari buzilgan holda, kim tomonidan qonunsiz egallanishidan qatiy nazar qaytarib olinganligini va bu himoya qilish mutloq himoya qilish instituti deb atalishini diqqat bilan o'zlashtirib olish kerak. Shaxsiy davolar qatiy konkret belgilangan shaxslar tomonidan buzilgan huquqlarni himoya qilishga qaratilgan bo'lib, majburiyat huquqiy munosabatlari vujudga kelgan paytda qo'llanilgan. Huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi taraflarning biri kreditor, ikkinchi taraf yani qarzdordan, munosabat doirasi bo'yicha malum bir harakatlarni sodir etishni talab etadi. Demak, bu munosabat majburiyat davolari deb atalib, nisbiy himoya qilish munosabatlari orqali amalga oshiriladi, chunki mutloq munosabatdan farqi, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.09 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.09 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:16 ]
Arxiv ichida: doc