Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining ekologik funksiyasi

Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining ekologik funksiyasi

O'quvchilarga / Huquq
Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining ekologik funksiyasi - rasmi

Material tavsifi

Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining ekologik funksiyasi Ekologiya sohasidagi davlat funksiyasini amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi va sud hokimiyati organlari alohida o'rin tutadilar. Sud hokimiyati tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan davlat funksiyasini bajarishda alohida mavqega ega. Bu funksiyani sudlar O'zbekiston Respublikasining «Sudlar to'g'risida»gi qonuni va Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoyat, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslari va boshqa qonunlariga asoslanib amalga oshiradilar. Atrof tabiiy muhitni sud hokimiyati orqali himoya qilish quyidagi yo'llar bilan mustahkamlanadi: a) huquqni tan olish; b) huquq buzilguniga qadar mavjud bo'lgan holatni tiklash; v) huquqning buzilishiga xavf tug'diradigan yoki huquqni buzadigan harakatlarning oldini olish va bunday harakatlarga chek qo'yish; g) majburiyatini natura shaklida bajarishga majbur etish; d) yetkazilgan zararni, neustoyka (jarima va penya)larni undirish; ye) huquqning buzilishini to'xtatish yoki tugatish) fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan va amaldagi qonunchilikka zid bo'lgan normativ hujjatlarni haqiqiy emas deb topish va boshqalar. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan davlatning ekologik funksiyasi asosan umumiy sudlar orqali amalga oshiriladi. Ular ekologik hamda ma'muriy qonunlar, fuqarolik va jinoyat qonunchiligining talablari buzilgan holatlarda o'z vazifalarini bajaradilar. Umumiy sudlar tomonidan ko'rib hal qilinadigan ishlarning asosiy qismini atrof tabiiy muhit muhofazasiga salbiy ta'sir etadigan ma'muriy va jinoyat ishlari tashkil etadi. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining VII bobida yerlardan xo'jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga keltirish; vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik; yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish; suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish; o'rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish; daraxtlar, butalar, boshqa o'rmon o'simliklari va nihollarni g'ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo'q qilish; Qizil kitobga kiritilgan o'simliklarni yig'ish; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibini buzish; o'rmon uchun foydali faunani yo'q qilib yuborish; o'rmonlarda yong'in xavfsizligi talablarini buzish; ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga normativdan ortiq darajada yoki ruxsatsiz chiqarib tashlash hamda atmosfera havosiga zararli fizik ta'sir ko'rsatish; atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik; atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik; o'simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni tashish, saqlash va qo'llash qoidalarini buzish; ov qilish, hayvonot dunyosidan foydalanish qoidalarini buzish; sanoat, ro'zg'or chiqindilarini tashish, joylashtirish, utillashtirish, ko'mib tashlash chog'ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish; noyob hayvonlarni yo'q qilib yuborish kabi ma'muriy huquqbuzarlik harakatlari sodir etilganida qo'llanishi mumkin. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIV bobidagi ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish; atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni qasddan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.78 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.78 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga