Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fani tushunchasi, predmeti, tizimi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fani tushunchasi, predmeti, tizimi

O'quvchilarga / Huquq
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fani tushunchasi, predmeti, tizimi - rasmi

Material tavsifi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar» fani tushunchasi, predmeti, tizimi REJA: 1.«Huquqni muhofaza qiluvchi organlar» fanining predmeti, tushunchasi va uni boshqa huquqiy fanlar bilan o'zaro aloqadorligi. 2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning O'zbekiston Respublikasi davlat organlari tizimidagi o'rni. 3.Huquqiy davlat nazariyasi - o'rganilayotgan fanning metodologik asosi. 1. Oliy Majlis va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qonuniylik va huquq-tartibot himoyasida turgan huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatiga har doim e'tibor berib kelmoqda. Oliy Majlisning har sessiyasida qabul qilinayotgan qonunlar va Prezident I.A.Karimovning ko'plab ma'ruzalari bundan dalolat beradi. Aynan huquqni muhofaza qilish organlari mustaqil O'zbekistonning oyoqqa turishi hamda demokratik huquqiy davlat qurishda tartib va barqarorlikni ta'minladilar. Huquqni muhofaza qilish organlari - sud, prokuratura, adliya, milliy xavfsizlik, soliq, bojxona, shuningdek, advokatura, Interpolning Milliy markaziy byurosi (MMB), korxonalardagi yuridik xizmatning paydo bo'lish va rivojlanishi tarixi hamda zamonaviy tuzilishi ushbu kursning o'rganish predmetidir. Ushbu fanda davlatning o'tish davridagi huquqni muhofaza qilish faoliyati, huquqni muhofaza qilish organlari va muassasalarining paydo bo'lishi, rivojlanishi, ularni tashkil etish prinsiplari ko'rib chiqiladi. Ularning vazifalari, tashkil bo'lish tartibi, tarkibi, tizimi hamda tuzilishi batafsil o'rganiladi. O'rganish predmetiga huquqni muhofaza qilish organlarining tuzilishi, konstitutsiyaviy, ma'muriy, moliya, jinoyat-protsessual va boshqa bir qator huquq sohalari ham kiradi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq normalarida O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va davlat tuzilishi, butun davlatning huquqni muhofaza qilish mexanizmini, jumladan, uning muhim organlari bo'lgan sud va prokuratura organlarini tuzish belgilab berilgan. Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida alohida o'quv fani sifatida o'rganilayotgan davlat xizmati tizimida sud va prokuratura muhim o'rin egallaydi. Shu munosabat bilan, ularning o'rni, o'ziga xosligi, sud va prokuratura haqidagi konstitutsiyaviy huquq normalarining maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqib, konstitutsiyaviy huquqning sud tuzilishi va prokuror nazorati degan kichik tarmoqlari vujudga keldi. Ularning predmeti sud va prokuraturani tashkil qilishni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy huquq sohasidir. Biroq sud tuzilishi haqidagi normalar faqat sudlarning tuzilishini tartibga soladi. Ularning odil sudlovni amalga oshirish bo'yicha faoliyati esa huquqning mustaqil sohalari bo'lgan jinoyat-protsessual va fuqarolik-protsessual huquq tomonidan batafsil tartibga solingan. Ushbu kursda esa odil sudlov haqidagi umumiy qoidalar keltirilgan. Prokuror nazorati haqidagi normalar faqat prokuraturaning tuzilishinigina emas, balki faoliyatini ham tartibga soladi. Ichki ishlar vazirlgi o'quv yurtlarida alohida «Prokuror nazorati» degan fan o'rganilmasligini hisobga olib, ushbu kursda prokuraturaning tuzilishi va faoliyat tartibi kengroq yoritilgan. Konstitutsiyaviy huquq normalarida, ayniqsa, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ho'jalik sudi, harbiy sudlar, adliya, advokatura va korxonalardagi yuridik xizmatlarning vazifasi mustahkamlab qo'yilgan, shuningdek, davlat mexanizmida Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxna qo'mitasi kabi huquqni muhofaza qilish organlarining bo'lishi ko'zda tutilgan. Shundan kelib chiqib, ushbu organlar va tashkilotlarga tegishli konstitutsiyaviy huquq normalari mazkur kursning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.37 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.37 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga