Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish Reja: Huquqni muhofaza qilish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar. Huquqni muhofaza qilish faoliyatining belgilari Huquqni muhofaza qilish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar. O'zbekiston Respublikasida huquqni muhofaza qilish organlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Sudlar tizimi: 1) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; 2) Oliy sudga bo'ysunuvchi umumiy yurisdiksiyadagi sudlari; 3) Ho'jalik sudlari; O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarolik va jinoiy ishlari bo'yicha oliy sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi xo'jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoiy ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo'jalik sudlaridan iborat. Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko'rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. (O'zbekiston Respublikasining Sudlar to'g'risidagi Qonuni) Sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan ta'minlashni amalga oshiradigan organlar (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni lavozimga tavsiya qilish va tanlash Oliy malaka komissiyasi; O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi boshqarma va bo'limlari(Adliya vazirligi tizimi); O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta'minlash departamenti); Prokuratura; Jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishga jalb qilingan organlar (surishtiruv va dastlabki tergov organlari); Dastlabki tergov organlari: Prokuratura, IIV, MXX tizimidagi tergov organlari. notarial faoliyatni amalga oshiruvchi organlar (Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar); Advokatura: Surishtiruv organlari. O'zbekiston Respublikasi JPKning 38-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan surishtiruv organlariga quyidagilar kiradi: 1) militsiya; 2) harbiy qismlar, qo'shilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy o'quv yurtlarining boshliqlari - ularga bo'ysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek o'quv mashqlari o'tkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha; O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bog'liq jinoyatlari yoki qism, qo'shilma, muassasa yo o'quv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar bo'yicha; 3) milliy xavfsizlik xizmati organlari - qonunga ko'ra ularning yuritishiga berilgan ishlar bo'yicha; 4) O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, qamoq tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarining, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov izolyatorlari hamda turmalarning boshliqlari - shu muassasalar xodimlari xizmatni o'tashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha; (O'zR 27.12.1996 y. 357-I-son Qonuni tahriridagi qism) 5) davlat yong'indan nazorat qilish organlari - yong'inlarga doir va yong'inga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar bo'yicha; 6) chegarani qo'riqlash organlari - davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar bo'yicha; 7) olis safarda bo'lgan dengiz kemalarining kapitanlari; 8) davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.17 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.17 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: doc