Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkiliy ta'minlash va ishlarni tashkil etish tushunchasi Reja: O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asosiy vazifalari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati tuzilishi O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkiliy ta'minlash va ishlarni tashkil etish tushunchasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkiliy ta'minlash va ishlarni tashkil etish har bir huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qabul qilingan ichki buyruq, ko'rsatma va tegishli nizomga oid amalga oshiriladi. Jumladan, 1991 yil 25 oktyabrdagi Ichki ishlar vazirligi to'g'risidagi Nizom uning faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Mazkur Nizomga O'zR VM 19.01.1994 y. 17-son Qarori, O'zR VM 14.12.1994 y. 602-son Qarori, O'zR VM 01.05.2002 y. 150-son Qarori, O'zR VM 10.11.2006 y. 235-son Qaroriga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan. Nizom -Umumiy qoidalar , Vazirlikning huquq doirasi , O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish bo'limlaridan iboratdir. Bu Nizomga asosan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o'rinlarda vazirlik) Konstitutsiya va Mustaqillik Deklaratsiyasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Vazirlik o'z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlaydi hamda jinoyatchilikka qarshi kurash olib boradi. Vazirlik o'z faoliyati bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga va hukumatiga bo'ysunadi. Vazirlik O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. Prezidentning vazirlikni tashkil etish va tugatish to'g'risidagi farmoni Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlik o'z faoliyatini siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar va boshqa jamoat birlashmalaridan holi ravishda amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - Respublika ichki ishlar organlari faoliyatining strategik yo'nalishlarini belgilash; - ichki ishlar organlari faoliyatini umumiy boshqarish, muvofiqlashtirish, ularga tashkiliy-metodik va faoliyati samaradorligi ta'minlanishiga yordam berish; - IIV tizimiga kiruvchi organlar, korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfa-atlarini himoya qilish; ichki qo'shinlarning harbiy va safarbarlik jihatdan tayyorligini ta'minlash; - jamoat xavfsizligini ta'minlash va jamoat tartibini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil qilish; - fan va texnika yutuqlarini, samarali tajribalarni, boshqarishning progressiv shakllarini va ishlash metodlarini joriy qilish; - ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini ishlab chiqish; - organlarda kadrlar bilan ishlashning yuqori darajasini tashkil qilish; - ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy kafolatlarini ta'minlash; - uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashni tashkil qilish. Vazirlik o'z vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi prinsiplarga asoslanadi: - Kollegiallik va yakaboshchilik; - qonuniylik, shaxsni hurmat qilish, internatsiona-lizm; - oshkoralik; - davlat organlari, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va aholi bilan aloqa qilish, jamoat fikrini hisobga olish; - milliy, til, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.57 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.57 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: doc