Huquqni muhofaza qiluvchi organlar sudlar va boshqa muassasalarning hisob va hisobdorligi Reja: Jinoyatlarning yagona hisobi tushunchasi, jinoyatlarni ro'yxatga olish tizimi, ro'yxatga olishni yurituvchi organlar, statistik kartochkalar; Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy statistik hisobdorligi; Ma'muriy huquqbuzarliklar hisobi; Sud va adliya organlarining hisob va hisobdorligi; 5. Huquqiy statistik ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash tizimi va ularni nashr etish; Jinoyatlarning yagona hisobi tushunchasi, jinoyatlarni ro'yxatga olish tizimi, ro'yxatga olishni yurituvchi organlar, statistik kartochkalar. Jinoiy hisob o'zining vujudga kelgan davridan boshlab tez-tez mavzu tarkibini, kuzatuv birliklarini va o'lchovlarini o'zgartirib kelmoqda. Statistik hisobotlarning turli ko'rinishlari ichida sudlanganlar hisobi ko'proq jinoiy hisobga yaqinroq edi. Jinoyatchilikning yagona hisobi avvalo birlamchi hisob va aniqlangan jinoyatlar, shaxslar, sodir etganlarni, jinoiy ishlarni ro'yxatga olishdan iborat. Hisob tizimi qo'zg'atilgan jinoiy ish va prokurorning ayblov xulosasi bo'yicha jinoyat sodir etgan shaxslarning ro'yxatga olishdan iboratdir. Yagona hisob tizimi qoidalari jinoyat ishni qo'zg'atish vakolatiga ega bo'lgan barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar: prokuratura organlari, Ichki ishlar, soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, bojxona xizmati va boshqa bir necha maxsus faoliyat bilan bog'liq organlar uchun umumiydir. Bular MXX, harbiy prokuratura va sud. Surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari o'tkazilayotgan jinoyatlar bo'yicha birlamchi hisob va ro'yxatga olish umumiy tamoillarga asoslangan holda faqatgina yuqoridagi organlar tomonidan amalga oshiriladi (jinoyatchilik to'g'risidagi ma'lumotlar chetga chiqishi mumkin emas). Shunday qilib konstitutsion tizim va davlat tizimiga qarshi jinoyatlar hisobi faqat MXX tomonidan, harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar hisobi Harbiy Prokuratura tomonidan, sodir etilgan ham sud muhokamasida ko'rilgan jinoyatlar to'g'risidagi ma'lumotlar hisobi sudlar tomonidan yuritiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki bu ma'lumotlarni yagona hisobga kelib tushmasligi uni to'liq bo'lmasligiga olib kelishi mumkin. Jinoyatchilikning birlamchi hisobi statistik varaqalarni to'ldirish yo'li bilan quyidagicha amalga oshiriladi: jinoyatni aniqlash (F.1), jinoyatni tergov natijalari to'g'risida (F.1.1), jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlangan ishlar bo'yicha (F.1.2), jinoyatni sodir etgan shaxslar bo'yicha (F.2), jinoyat ishini harakati bo'yicha (F.3), moddiy zararni qoplash va jinoyat qurolini olib qo'yish bo'yicha (F.4), ishni sudda ko'rish natijalari bo'yicha (F.6). Bu varaqalardagi ko'rsatgichlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O'zbekiston Respublikasi IIV tomonidan, (F.6) varaqasi bo'yicha esa, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan holda o'rnatiladi. Varaqalarni to'ldirish (yoki ma'lumotlarni magnit tasmasiga yozish) jinoyat ishi qo'zg'atilgan, tergov va surishtiruv harakatlari o'tqazilayotgan joyda amalga oshiriladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy statistik hisobdorligi. Birlamchi hisob hujjatlari (statistik varaqalar, hisobot jurnallari va boshqa materiallar) ichki ishlar organlari, prokuratura, Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Bojxona xizmati, MXX kabilarning rasmiy hisobdorligi (oylik, yarim yillik, yillik) ni asosini tashkil etadi. Mavjud huquqni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:56:08
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.96 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:56 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.96 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: doc