Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda statistik kuzatuvning tanlama usuli

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda statistik kuzatuvning tanlama usuli

O'quvchilarga / Huquq
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda statistik kuzatuvning tanlama usuli - rasmi

Material tavsifi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda statistik kuzatuvning tanlama usuli Reja: Statistik kuzatishning tanlama usuli nazariy asoslari; Tanlama ko'rsatkichlardagi xatolarni aniqlash; Tanlama yig'indisi; Tanlash turlari. Huquqiy ma'lumotlarni to'plashning ijtimoiy usullari Statistik kuzatishning tanlama usuli nazariy asoslari. Kriminologik va ijtimoiy huquqiy ma'lumotlarni to'plashning asosiy shakli bu huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamda boshqa yuridik tashkilotlarning statistik hisobdorligidir. Lekin huquqni muhofaza qiluvchi organlarning statistik hisoboti faqatgina muhim ko'rsatkichlarni aks ettirish orqali hajm jihatdan chegaralangan bo'lib, ya'ni hisobotdagi ma'lumotlarni xohlagan tarzda o'zgartirish, ularga qo'shimchalar kiritish hamda bu ma'lumotlarni belgilanmagan muddatlarda talab qilib olish mumkin emas. Tanlama kuzatuv uslubi aniq tarzda matematik statistika tomonidan ishlab chiqilgan. Tanlama uslub o'zining oddiyligi, arzonligi, tez fursatda amalga oshirilishi, ishonchliligi va muayyan bir aniqlikka egaligi bilan xarakterlanadi. Ushbu ma'lumotning zamirida odatda insonlarning tanlama so'rovi yotadi. Tanlama ma'lumotlardan asosan kriminologiya, yuridik psixologiya va sotsiologiyada foydalaniladi. Shunday bo'lsada haligacha tanlama uslub yuridik tashkilotlarning amaliy faoliyatida o'z ifodasini topgani yo'q. Tanlama kuzatuv uslubiga tushunish uchun yosh huquqshunoslar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ma'lum bir matematik va statistik tayyorgarlikka ega bo'lishlari talab etiladi. Bunday tayyorgarlikning asosini o'rta kattaliklar hamda variatsiya ko'rsatkichlari tashkil etadi. Tanlama kuzatuvning nazariy jihatlari ommaviy borliq va jarayonlarda shakllanadigan statistik qonuniyatlarga asoslanadi. Tanlama ko'rsatkichlardagi xatolarni aniqlash. Tanlama kuzatuvni amalga oshirishda muayyan bir jarayon tanlab olinadi. Tanlama kuzatuvda ijtimoiy munosabatlarning shunday bir qismi olinishi kerakki, kuzatuv natijasida olingan ma'lumotlar o'sha holatda ijtimoiy muhitni va qonuniylikni to'liq va aniq, darajada mavjud yoki mavjud emasligini aks ettira olishi lozim. Xatolar 3 xil bo'lishi mumkin: an'anaviy (tendensioz), tizimli (sistematicheskiy), tasodifiy (sluchayniy). Tendensioz (an'anaviy) xatolar - kuzatuvni amalga oshirish jarayonida uni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan tanlovni noto'g'ri shakllantirishdan, hamda tanlama kuzatuvda ilmiy qoidalarni bilmaslikdan yuzaga kelishi mumkin. Masalan, fuqarolarning huquqiy ongini tekshirish maqsadida anketa o'tkazuvchi shaxs vaqtdan yutishni ko'zlab bir guruh, huquqshunos talabalardan foydalanadi. Tasodifiy xatolar - bu real mavjud bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni to'liq, o'rganmaslik. Tasodifiy xatolar - statistik kuzatuv natijasida olingan noaniqliklardir. Bunda olingan natijalar yo yuqori darajada yoki o'ta past darajadagi ko'rsatkichlarni ko'rsatishi mumkin. Tanlama yig'indisi. Tanlama kuzatishni loyihalashtirishda oldindan berilgan tanlamadagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatosida tanlama to'plamning soni (hajmi)ni to'g'ri aniqlash juda muhimdir, chunki bu kuzatishning natijalarini ma'lum ehtimollik bilan aniq bo'lishini ta'minlaydi. Shunday qilib, takrorlanuvchi tanlama uchun tanlamaning zaruriy xatosi formulasidan qiyinchiliksiz (oldindin tenglikning ikki tomonini kvadratga oshirib) tanlamaning zaruriy sonini ifodalash mumkin. Tanlash turlari. Tanlama ko'rsatkichlarning ishonchliligi kuzatiladigan holatlar majmuini tanlash qoidalariga rioya etishga bog'liqdir. Tanlamaning tasodifiy (sluchayniy) uslubida uni tashkil etish va o'tkazish jarayonida juda katta ehtiyotkorlikni talab etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.64 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.64 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga